Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Chiroqchida bojxona kimni tutib oldi?

Chiroqchida bojxona kimni tutib oldi?

Qashqadaryo viloyatida rangli metall parchalarini mamalakatimiz hududidan noqonuniy olib chiqib ketish holatlarining oldini olish bo‘yicha bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikdagi tadbirlar davom etayotgani haqida xabar qiladi, Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xususan, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamda ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.B. boshqaruvidagi Kamaz rusumli yuk avtomashinasi shubha ostiga olinib, to‘xtatildi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Bir qarashda avtomashina yukxonasi bo‘shdek tuyulsa-da, ammo yukxonada taxtadan yashirin bo‘lma hosil qilingani aniqlandi. Ushbu hufyona joyga esa hech qanday tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 1 tonna 244 kilogramm rangli metall parchalari yashirilgan ekan.

Ashyoviy dalil sifatida olingan, qiymati esa 16 mln. so‘mlik rangli metall parchalari “O‘zikkilamchirangmetzavod” AJning viloyatdagi filialiga vaqtincha saqlovga topshirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Manba: Nnews.uz

Kiritildi: 21:00 14.08.2019. O'qildi: 3559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!