Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Chilim chekkan odamlarga koronavirus yuqmasligi rostmi?

Chilim chekkan odamlarga koronavirus yuqmasligi rostmi?

Sigaretga o‘xshash vositalar turidan biri kalyan (chilim) chekish, bu ham chekuvchilikning bir turi hisoblanadi. 

Bu holatlar inson organizmida turli o‘zgarishlarni keltirib chiqarib, surunkali ravishda qo‘llanilish oqibatida o‘pkaning jarohatlanishlari kelib chiqadi. 

JSST tashkiloti tadqiqotlaridan birida  kafe va barlarda  umumiy hamma foydalanadigan kalyan (chilim) uskunasi va jihozlari tekshiruvi o‘tkazilganida, kalyan (chilim)da inson nafas olib chiqarishida, turli xil nafas yo‘llari orqali o‘tadigan kasalliklar yuqishi extimoli yuqori ekanligini tasdiqlagan.

Shuningdek, koronavirus tutundan qo‘rqadi degan gaplar o‘z tasdig‘ini topmagan, sababi chekuvchilar ham kasallanishi kuzatiladi. Bunday holatlar, koronavirus kasalligini kechuvini og‘irlashtirishi tabiiy. Kasallikni yengil kechishi uchun bunday odatlardan voz kechsangiz o‘z salomatligingizni yanada himoya qilgan bo‘lasiz.

Kiritildi: 14:37 21.09.2020. O'qildi: 3082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!