Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chevrolet Nexia Qozog‘istonda eng arzon avtomobillar qatorida kiritildi

Chevrolet Nexia Qozog‘istonda eng arzon avtomobillar qatorida kiritildi

«QazAvtoProm» avtomobilsozlik sohasidagi korxonalar birlashmasi joriy yilning 9 oyidagi avtomobil bozoridagi narxlar to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi.

«Hisobot davrida qozog‘istonliklar 555,2 milliard tengega 61 336 ta yangi yengil va yengil tijorat mashinalarni sotib olishdi. Ushbu yengil mashinalarning o‘rtacha narxi 10,5 million tengega yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga ko‘pdir. Shu munosabat bilan Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozorda eng maqbul narx hisoblanadi. Mahalliy ishlab chiqarishning o‘rtacha qiymati taxminan 7,6 million tengeni tashkil etadi. Import qilingan avtomobillar segmentida tegishli ko‘rsatkich 13,8 million tengeni tashkil etdi», - deyiladi xabarda. 

2020 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha xaridorlarning to‘rtdan biridan ko‘prog‘i (31,1%) 5 million tenge bo‘lgan mashinani tanladi. Bir yil oldin ushbu segment bozorning 27,7 foizini tashkil etgan. 5-7 million tenge qiymatidagi 21,9 foizni 13 409 ta avtomobil sotildi. Shu bilan birga, yangi mashina xaridorlarining 15,4 foizni 7-10 million tenge qiymatidagi avtomobillarga e’tibor berishdi Biznes (10-15 million tenge) va premium klassdagi (15 million tengedan ortiq) segmentlari mos ravishda 20,6 foizni (12 604 ta avtomobil) va 11,1 foizni (6 779 ta mashinani) qamrab oldi.

Umuman olganda, 10 million tengedan qimmatroq ulovlarning ulushi 6,4 foizga kamaydi. Eng arzon avtomobillar o‘ntaligida asosiy o‘rinlarni Qozog‘iston kompaniyalari egallagan. Lada Granta - eng arzon mashina, uning narxi 3 million tengedan boshlanadi.

Bundan tashqari, TOP-10 arzon avtomobillar qatoriga: Chevrolet Nexia (3,2 million tenge – 7464 $), Ravon R2 (3,8 million tenge – 8864 $), Ravon R4 (3,8 million tenge – 8864 $), Chevrolet Cobalt (4,2 million tenge– 9797 $), Lada 4x4 (4,3 mln tenge), Lada Vesta (4,6 mln tenge), Lada XRAY (5 mln tenge), JAC S3 (5 mln tenge) va Lada Largus (5,3 mln tenge) rusumlari kiradi. 

Eng qimmat avtomobillar qatoriga: Mercedes-Benz G-klass (110 mln tenge), Porsche 911 Turbo (82,7 mln tenge), Audi A7/A8 (79 mln tenge), Mercedes-Benz GLC-klass (56 mln tenge), Porsche Cayenne (53,7 mln tenge), Audi e-tron (50 mln tenge), Lexus LX (49,2 mln tenge), Mercedes GLE-klass (49 mln tenge), Land Rover Range Rover (44,9 mln tenge) va BMW 8 seriya (42,9 mln tenge) rusumlari kiradi.

Kiritildi: 18:18 24.10.2020. O'qildi: 5928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!