Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

«Chelsi» yarim himoyachisi Mozes «Inter»ga o‘tdi

«Chelsi» yarim himoyachisi Mozes «Inter»ga o‘tdi

«Chelsi» yarim himoyachisi Viktor Mozes ijara asosida «Inter» jamoasiga o‘tdi. Bu haqda milanliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

«Inter» 29 yoshli nigeriyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan. Xabar qilinishicha, «Inter» ijara so‘ngida futbolchini 12 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

Mozes «Inter»ning hozirgi bosh murabbiyi Antonio Konte bilan «Chelsi»da birgalikda faoliyat yuritgan. Viktor mavsumning avvalini «Fenerbaxche»da ijara asosida o‘tkazdi va Turkiya chempionatida oltita o‘yinda qatnashdi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 23:00 23.01.2020. O'qildi: 1580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!