Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniyada musulmon madaniyati festivali bo‘lib o‘tmoqda

Buyuk Britaniyada musulmon madaniyati festivali bo‘lib o‘tmoqda

Nottingham shahridagi musulmonlarning islom madaniyati festivali shaharning forrest maydonchasi hududida bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda iqna xabar beradi.

Ushbu marosim Kerimiy xayriya jamg‘armasi tomonidan o‘tkazildi. Bu marosim 2014 yildan buyon «Nottingham bayram festivali» deb nomlangan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu festival barcha oila va turli din vakillari tomonidan ijobiy qarshi olindi. Bayramning maqsadi - ko‘ngilochar va madaniy tadbirlar, kichik bozor orqali ijtimoiy hamjihatlikni rag‘batlantirishdan iboratdir.

Bundan tashqari, festivalda islomiy yurtlardagi kiyim-kechak, idish-tovoq, zargarlik va adabiyotga oid dasturlar namoyish etilmoqda. Kerimiy xayriya jamg‘armasi maslahatlar berish, bolalar va kattalarni bilimga yo‘naltirish, sport tadbirlari va mahalliy jamoalarda dinlararo hamkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda.

O‘tgan yilgi festivalda ishtirok etgan ishchi partiyasi deputati Norris shunday dedi: «Jamiyatimizning Islom diniga xayrixoh bo‘lishi va bu masalada bilimga ega bo‘lishi muhim sanaladi. Bu festivalda qatnashib zavq oldim va o‘ylaymanki bu voqea juda foydali bo‘ladi».

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Nottingham shahrida 30 ming musulmon yashaydi va 32 ta masjid faoliyat yuritib kelmoqda.

Kiritildi: 22:00 22.07.2019. O'qildi: 1389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!