Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniyada mashinalar savdosi 1971 yildan beri eng past darajaga tushdi

Buyuk Britaniyada mashinalar savdosi 1971 yildan beri eng past darajaga tushdi

Buyuk Britaniyada yangi avtomobillarni sotish 2020 yilning birinchi yarmida 48,5% ga kamaydi - bu davrda mamlakatda atigi 653,5 mingta mashina sotildi, deya xabar beradi Britaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchilari va dilerlari jamiyati.

Ta’kidlanishicha, bu 1971 yilning birinchi yarim yilligi uchun minimal ko‘rsatkichdir.

Shu bilan birga, faqatgina iyun oyida Buyuk Britaniyada yangi avtomobillarning sotilishi 34,9 foizga tushib, 145,38 ming donaga yetdi.

Qayd etilishicha, ushbu dinamika iqtisodiyotga bo‘lgan ishonchning noaniqligini aks ettiradi, chunki Buyuk Britaniyada iqtisodiy faoliyat ikki oydan ortiq amalda bo‘lgan cheklovlardan so‘ng tiklanmoqda.

Kiritildi: 22:35 06.07.2020. O'qildi: 1843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!