Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniyada koronavirusni davolash uchun yangi dori sinovdan o‘tkazilmoqda

Buyuk Britaniyada koronavirusni davolash uchun yangi dori sinovdan o‘tkazilmoqda

Londonlik olimlar koronavirusni davolash uchun ibuprofen nomli yangi dori vositasini sinovdan o‘tkazishmoqda. «Guys and St. Thomas’s” kasalxonasi shifokorlari va “King’s College” tadqiqotchilari ushbu dori tarkibidagi yallig‘lanishga qarshi moddalar virusga chalinganlarning nafas olishdagi muammolarini bartaraf etishi mumkinligini aytishmoqda.

Nafas olishga qiynalish va reanimasiya bo‘limidagi sun’iy nafas oldirish ventilyatorlariga bo‘lgan ehtiyoj koronavirusga chalingan bemorlar duch kelayotgan asosiy ikkita muammo hisoblanadi.

Tadqiqotchilar narxi arzon bo‘lgan ushbu yangi preparatni qabul qilgan bemorlar ventilyatorlarga muhtoj bo‘lmasliklariga umid qilmoqdalar.

Hayvonlarda o‘tkazilgan oldingi sinovlarda ibuprofenning o‘tkir nafas yetishmaslik sindromini davolashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. KOVID-19 sabab yuzaga keladigan muammolardan biri aynan shu sindrom hisoblanadi.

“Ushbu dori biz kutgan natijani berishi uchun biz sinov o‘tkazishimiz kerak” dedi Londonning “King’s College” professori Mitul Mehta.

Ammo, koronavirus pandemiyasi boshlangan paytda ibuprofen KOVID-19 ni yanada yomonlashtirishi mumkinligi haqida xavotirlar mavjud edi. O‘sha paytda Fransiya Sog‘liqni saqlash vaziri Oliver Veran bu dorining o‘rniga parasetamolni qabul qilishni maslahat bergan.

Kiritildi: 06:00 05.06.2020. O'qildi: 2117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!