Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlari soni 2352 kishiga yetdi

Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlari soni 2352 kishiga yetdi

Buyuk Britaniyada bir kun davomida koronavirus tasdiqlangan 563 kishi vafot etdi va umumiy hisobda qurbonlar soni 2352 ga yetdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

"1 aprel kuni ertalab soat 9.00 (Toshkent vaqti bilan soat 14.00) ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 152,979 kishi tekshirildi, shulardan 29 474 nafarida koronavirus borligi tasdiqlandi", deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Kun davomida koronavirus bilan kasallanganlar soni 4324 kishiga ko‘paydi.

Buyuk Britaniyada ketma-ket ikkinchi kun yuqumli kasalliklar va o‘lim holatlari soni rekord o‘rnatdi.

Kiritildi: 18:52 01.04.2020. O'qildi: 1669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!