Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukraina prezidanti Vladimir Zelenskiy hamda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar Kiyevni yaqin oylarda qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishdi, deb xabar berdi britan vazirining matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, Zelenskiyning Rossiya ichkarisiga zarba berish rejasini Starmer ma’qullamagan. Ukraina prezidenti uzoqqa uchuvchi Storm Shadow raketalari bilan Rossiyaning ichki hududlarini nishonga olishga ruxsat so‘ragandi.
«Shubhasiz, biz Ukrainani eng maqbul holatga keltirmoqchimiz. Biroq hali hech bir urushda faqat qurol bilan g‘alabaga erishilmagan. Bevosita Storm Shadow raketalariga kelsak, Buyuk Britaniya hukumatining uzoq masofali raketalardan foydalanish bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarmagan», — dedi Starmerning vakili.