Suriyada hokimiyat almashganidan keyin Buyuk Britaniya rahbari, bosh vazir Kir Starmer G7 davlatlarini mamlakatda bo‘ladigan voqealarni diqqat bilan kuzatishga chaqirdi.
Bu haqda bosh vazirlik idorasi xabar berdi.
"Suriyadagi vaziyatni muhokama qilar ekan, Bosh vazir Asadning qulashini olqishlash kerakligini, ammo bundan keyin nima bo‘lishini kuzatish zarurligini aytdi", — deyiladi xabarda.