Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxorolik sobiq talaba va shifokor hujjatlarni soxtalashtirdi

Buxorolik sobiq talaba va shifokor hujjatlarni soxtalashtirdi

Buxoroda sobiq talaba va shifokor hujjatlarni soxtalashtirib, institut rahbariyatini chalg‘itishga urindi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashov ma’lum qilmoqda.

Aniqlanishicha, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika mudiri, shifokor B.A. Buxoro muhandislik-texnologiya institutining sobiq talabasi T.X.ning nayrangiga chuv tushgan. 20 yoshli T.X. sababsiz dars qoldirgani bois, talabalar safidan chetlatilgach poliklinika mudiri yordamida tayyorlangan soxta hujjat orqali institut rahbariyatini chalg‘itib, o‘qishini tiklashga urinadi.

O‘qishdan haydalgan talaba shifokor B.A. bilan jinoiy til biriktirib, undan «kasalligi» to‘g‘risida soxta ma’lumotnoma oladi va Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga taqdim qiladi.

Sobiq talabaning virusli gepatit «A» va «yuqori nafas yo‘llari o‘tkir kasalligi»ga chalinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma institut rahbariyatida shubha uyg‘otadi. Tuman IIB vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv natijasida talaba va shifokor qilmishi ma’lum bo‘ladi.

Mazkur holat yuzasidan T.X. va B.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:20 20.03.2020. O'qildi: 2246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!