Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxorodagi axlatxonada yashayotgan ayol haqidagi maqoladan so‘ng mutasaddilar vaziyatni o‘rgandi

Buxorodagi axlatxonada yashayotgan ayol haqidagi maqoladan so‘ng mutasaddilar vaziyatni o‘rgandi

Buxoro shahar xotin-qizlar qo‘mitasi «Xalq so‘zi Online»da e’lon qilingan «Axlatxonada yashayotgan ayol» nomli maqola yuzasidan vaziyatni o‘rgandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maqolada Buxoro shahrining Abdurahmon Jomiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar yonida joylashgan axlatxonada Shahodat Xudoyberdiyeva ismli ayol oilasi bilan og‘ir sharoitda yashab kelayotgani, u ijtimoiy muhofazaga, turar joyga muhtojligi haqida so‘z boradi.

Ushbu maqolada keltirilgan holatlar tegishli tashkilotlar vakillari hamda fuqaro Shahodat Xudoyberdiyevaning turmush o‘rtog‘i Umid Toshovlar ishtirokida joyida o‘rganilgan.

1988 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan Shahodat Xudoyberdiyeva viloyat markazining Alpomish ko‘chasi, «B» sonli uyda ro‘yxatda turadi va xuddi shu manzilda turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan yashab keladi.

Shahodat Xudoyberdiyeva hozirda Buxoro shahar «Maxsussavdoxo‘jalik» korxonasi rahbari tomonidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasida joylashgan 58-sonli chiqindilarni to‘plash joyiga mas’ul etib tayinlangan va har kuni shu yerda erta tongdan kech soat 23:00 ga qadar atrofni tozalash bilan shug‘ullanadi.

«Shu hududda yashayotgan aholi vakillari, qo‘ni-qo‘shnilar bilan suhbatlashilganida ularning axlatxona qorovuli Shahodat Xudoyberdiyevaga nisbatan hech qanday e’tiroz yoki shikoyatlari yo‘qligi, u doimiy ravishda axlatxona va unga yaqin hududni supurib-sidirib yurganligi, shu bois bu joylarda atrofga badbo‘y hid anqib yotmasligini bildirgan. Shahodat Xudoyberdiyevaning o‘zi bilan suhbatlashilganida, u yashash uyi borligi sababli turar joyga ehtiyoji yo‘qligini aytgan. Buni u o‘z qo‘li bilan yozib bergan tilxatida ham bayon etdi. Ma’lum bo‘lishicha, Shahodat Xudoyberdiyeva ba’zida kech bo‘lib qolgan paytlarda kiyim almashtirish uchun mo‘ljallangan xonada tunab qolgan», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:42 24.10.2019. O'qildi: 2071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!