Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Buxoro tumanida “Yangi Buxoro” xalqaro aeroporti qurilishi boshlandi. Loyiha uchun 370 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, ishlar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.
Bu yerda uzunligi 3,3 km bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi hamda soatiga 1 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega zamonaviy aerovokzal bunyod etiladi. Loyiha qiymati — 226 million dollarni tashkil etadi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov ta’kidlaganidek, yangi aeroport Buxoroda turizm, logistika va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishiga kuchli turtki beradi hamda yangi ish o‘rinlari yaratadi.