Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda Tojikiston mikroavtobusi falokatga uchradi: uch nafar tojikistonlik kasalxonada

Buxoroda Tojikiston mikroavtobusi falokatga uchradi: uch nafar tojikistonlik kasalxonada

2019 yil 19 avgust kuni soat 15:37larda Tojikiston Respublikasi fuqarosi, Dushanbe shahri Rudakiy ko‘chasida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan Baxromiddin Xotamov “Mersedes-Spirinter” rusumli, TJ 77 85 PB 01 davlat raqam belgili mikroavtobusini Buxoro viloyatining Jondor tumani cho‘l massivi hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Nukus” A-380 yo‘lining 368-km.da haydab ketayotgan vaqtida, mikroavtobusning orqa o‘ng tomon g‘ildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib ag‘darilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 3 nafar Tojikiston Respublikasi fuqarolari kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonaga yotqizilgan 3 nafar va birlamchi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan yana 5 nafar yo‘lovchilarga hamda haydovchiga tez va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi tashkil qilindi. Qolgan 8 nafar yo‘lovchilar esa hech qanday jarohat olmaganlar. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Kiritildi: 13:32 20.08.2019. O'qildi: 1375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!