Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Buxoroda ota-onasining o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga hukm o‘qildi

Buxoroda ota-onasining o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga hukm o‘qildi

2020 yil 04 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tuman sudi (raislik qiluvchi sudya F.Ikramov) tomonidan sudlanuvchi Nekboyev Farid G‘ayratovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan hukm o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tuman sudi raisi Farrux IKRAMOV "Aniq.uz"ga ma’lum qildi.

Ish tafsilotlariga ko‘ra, sudlanuvchi F.Nekboyev 2020 yil 02 yanvar kuni soat 17:00da ishonchnoma orqali boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli 80 J 610 NA davlat raqamli avtomashinasini boshqarib, Buxoro viloyat Peshko‘ tumani “Jongeldi” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-61 yo‘lining 262-kilometriga yetganda, amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 77-bandi talablarini qo‘pol ravishda buzib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda to‘xtab turgan fuqaro Kasimov Darxan Sultanxanovichga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli 80 H 464 NA davlat raqamli avtomashinaning orqa tomonidan urib yuborishi oqibatida, o‘zining boshqaruvida bo‘lgan avtomashina salonidagi yo‘lovchilar otasi Oripov G‘ayrat Nekboyevich, onasi Jumayeva Dilorom Toshpulatovnalarning og‘ir jarohat olib voqea joyida vafot etishiga, kuyovi Ishokov Istam Ikromovich va singlisi Nekboyeva Dilnavoz G‘ayrat qizilarga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga, shuningdek, “Kobalt” rusumli 80 H 464 NA davlat raqamli avtomashina haydovchisi Kasimov Darxan Sultanxanovichga sog‘lig‘ining buzilishiga sabab bo‘lgan yengil shikast yetkazilishiga va uning mazkur avtomashinasiga 34.423.835 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lib, transport vositalarining harakati xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatini sodir qilgan.

Sud, sudlanuvchi F.Nekboyevga jazo turi va miqdorini belgilashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, uning shaxsini, oilaviy sharoiti va moddiy ahvoli og‘irligini, aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini, jabrlanuvchilarning hech qanday da’vosi yo‘qligini, ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida ota-onasi vafot etganligi sababli oilada yagona boquvchi bo‘lib qolganligini, qaramog‘ida 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib, sudlanuvchi F.Nekboyevga tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin degan qat’iy fikrga kelib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib O‘zbekiston Respublikasi JKning 72-moddasini qo‘llab, shartli hukm qilib, 2 yil sinov muddati belgiladi.

 

Kiritildi: 14:28 02.07.2020. O'qildi: 2583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!