Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda «Nexia» olib qochib, «videoga tushib qolgan» shaxs qidirilmoqda (foto)

Buxoroda «Nexia» olib qochib, «videoga tushib qolgan» shaxs qidirilmoqda (foto)

Buxoro viloyati IIB qidiruv e’lon qildi. Rasman berilgan ma’lumotda quyidagicha ma’lum qilindi.

Diqqat! Ichki ishlar boshqarmasi xabar beradi!

2019 yil 15 iyul kuni soat 06:00 da noma’lum shaxs Buxoro shahar Namozgoh ko‘chasidan (“Perinatal” tug‘ruq kompleksi qarshisi) o‘tuvchi avtomobil yo‘l yoqasida joylashgan “PROPAN” suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududidagi avtomobillarni yuvish shahobchasidan (avtomoyka) “Neksiya-3” (Ravon) rusumli, oq rangli 01 535 PFA davlat raqam belgili avtomashinani boshqarib olib qochgan.

Kuzatuv kameralarida tasvirga tushib qolgan gumonlanuvchi shaxsni hamda mazkur raqamli avtomashinani ko‘rgan yoki bu haqida ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda Ichki ishlar boshqarmasining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

(65) 222-59-00, 222-89-50, 220-40-99, 220-40-30

Ushbu jinoyatni ochishda yaqindan ko‘maklashgan fuqaro Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan moddiy rag‘batlantirilib, shaxsining sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: 10:03 16.07.2019. O'qildi: 2191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!