Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda MCHJ tashkil qilib, fuqarolarni aldab ketgan toshkentlik «lizingchilar» qo‘lga olindi

Buxoroda MCHJ tashkil qilib, fuqarolarni aldab ketgan toshkentlik «lizingchilar» qo‘lga olindi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro A.SH. jinoiy sheriklari shu manzilda yashovchilar, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro I.D. va 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro S.I.lar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2018 yil 23 aprel kuni Buxoro viloyatida “UZ AVTO….” MCHJ tashkil qilishgan.

Ular Shofirkon, Jondor, Kogon va Buxoro filiallariga lizing asosida avtomashina olish uchun kelgan 120 nafar fuqarolarga lizing shartnomasi asosida “GM-Uzbekistan” avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarni olib berishni va’da qilib, ularni aldab, fuqarolarning ko‘p miqdordagi mulklarini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflaganlar.

«Firibgarlar» fuqarolarga soxta lizing shartnomalarining bir nusxasini taqdim qilib, hujjatlarni qalbakilashtirib, undan foydalanib kelganligi aniqlangan.

Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra,  mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-4-qismi, 228-moddasi 2-3-qismlari bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilingan hamda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 11:34 22.06.2019. O'qildi: 1534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!