Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda jinoyatchiga jazo tayinlandi

Buxoroda jinoyatchiga jazo tayinlandi

Jondor tumanida yashovchi Axatov Azamat  2019 yil 7 noyabr kuni kechqurun soat 21:10 larda Jondor tumani «Zarafshon» MFY «M.Torobiy» ko‘chasida joylashgan fuqaro Hamidov Jamshid Toxirovichga tegishli savdo do‘konini orqa tomonidagi derazasini sim to‘rini buzib, deraza orqali savdo do‘konga kiradi. So‘ng savdo do‘koni o‘ng tomon burchagida telefon qo‘yish uchun mo‘ljallangan oynali moslamaning ichida turgan fuqaro Karimov Baxtiyor Shokirovichga tegishli bo‘lgan bir dona bozor narxi 1.800.000 so‘m bo‘lgan  Samsung Galaxy A 20 rusumli va bir dona 1.700.000 so‘m bo‘lgan Samsung Galaxy A 10S  rusumli qo‘l telefon apparatlarini o‘g‘irlaydi. Jabrlanuvchi B.SH.Karimovga 3.500.000 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashirinadi.

U dastlabki tergov organi tomonidan unga e’lon qilingan aybga to‘liq iqrorligini bildirib, sudda o‘z fikrlani bayon, qilib yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligini, qilgan ishidan pushaymonligini, aybini to‘liq tan olishini, muqaddam sudlanmaganligini, jabrlanuvchining unga nisbatan da’vosi yo‘qligini inobatga olib, unga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘rab ko‘rsatma bergan.

Axatov Azamatga Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudi hozirgi kundagi olib borilayotgan isloxotlarni va sud huquq soxasidagi liberallashtirishlarni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topib unga nisbatan shu modda bilan har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlagan.

Baxrillo JABBOROV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudi raisi

 

Kiritildi: 15:18 29.06.2020. O'qildi: 1720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!