Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda bir guruh shaxslar bir qator jinoyat sodir etganliklari uchun sud oldida javob beradi

Buxoroda bir guruh shaxslar bir qator jinoyat sodir etganliklari uchun sud oldida javob beradi

Buxoro. Voyaga etmagan 17 yoshli L.X. 19 yoshli b.R. va M.K, lar bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, tanishi G.YU., bilan yaqin munosabatlar o‘rnatib, shu orqali G.YU., ning ishonchini qozonib, 2019 yil 11 dekabr kunidan  2020 yil 06 yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zining turli og‘ir vaziyatlarga tushib qolganligi, ushbu vaziyatlardan chiqishi uchun pul kerakligi to‘g‘risidagi yolg‘onlariga ishontirib, o‘zi va jinoiy sheriklari orqali G.YU., ning jami 27.097.486 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

 Bundan tashqari, 2020 yilning 19 yanvar kuni soat 16:00 da 23 yoshli A.X. jinoiy sheriklari M.K. va Voyaga etmagan L.X., lar bilan til biriktirib bir guruh bo‘lib, fuqaro J.S., ning yashash xonadonida 25.000 AQSh dollar miqdoridagi pullar borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lib, A.X., ning  tuzgan jinoiy rejasiga ko‘ra, L.X. xonadon egasi J.S., ni hammomga chaqirib, chalg‘itib xonadon kalitini olib, dublikat yasattirib M.K., berib yuborib, M.K. o‘z navbatida mazkur kalit dublikati bilan J.S., ning uyga 3 marotaba kirishga erishib qimmatbaho buyumlarni va pullarni qo‘lga kirita olmasdan o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilishga suiqasd qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Buxoroda bir guruh shaxslar bir qator jinoyat sodir etganliklari uchun sud oldida javob beradi

Shuningdek, Voyaga etmagan L.X. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil 28 yanvar kunidan 04 fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida G.YU. yaqin munosabatda bo‘lganligidan foydalanib, uning fotosuratlarini internet tarmoqlariga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib,  sharmanda qilishini aytgan holda tahdid qilib, jami bahosi 27.800.000 so‘mlik teng bo‘lgan mulkini qo‘lga kiritib, tovlamachilik jinoyatini sodir qilgan.

Buxoroda bir guruh shaxslar bir qator jinoyat sodir etganliklari uchun sud oldida javob beradi

Bundan tashqari, A.X. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil fevral oyining oxirlaridan 2020 yil mart oyining o‘rtalariga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, jinoiy sheriklari b.R. va Voyaga etmagan L.X. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib Buxoro shahrida yashovchi yoshli M.M., ning (ayol) ishonchini suiiste’mol qilib, unga tanishi G.YU. (ayol) jinoiy sheriklari b.R. va L.H., ning ustidan IIB ga murojaat qilganligini, bu ish natijasida b.R. qamalib ketishi mumkinligini, ushbu ishlarni hal qilishda advokat xizmati uchun pul berishlari lozimligi to‘g‘risida yolg‘ondan aytib, M.M., dan 1.800 AQSh dollari pullarni tez kunlarda qaytarib berishga va’da qilgan holda qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Shuningdek, A.X. o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2020 yil mart oyining o‘rtalarida jinoiy sheriklari b.R. va Voyaga etmagan L.X., lar bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zi tomonidan tuzilgan reja asosida b.R. va Voyaga etmagan L.X., lar  Buxoro shahri b.Naqshband ko‘chasida yashovchi M.M., ning uyiga kelib, b.R. uy ichida M.M., ni boshqa xonada chalg‘itib turganligidan foydalangan, Voyaga etmagan L.H. mehmonxonadagi servantda bo‘lgan jami 74,5 million so‘mlik pullar va qimmat baho taqinchoqlarni talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Buxoroda bir guruh shaxslar bir qator jinoyat sodir etganliklari uchun sud oldida javob beradi

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri IIO FMB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik), 165-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida M.K. JKning 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi  (o‘g‘rilikka suiqasd), 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, b.R. JKning 168-moddasi 2-qismi “a,b”, 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik), 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘rilik) bilan, voyega etmagan L.X. JKning 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (firibgarlik), 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilikka suiqasd), 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik), 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik), 169-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari bilan (o‘g‘rilik),  A.X esa JKning 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilikka suiqasd), 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik), 169-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (o‘g‘rilik) va 127-moddasi 3-qismi (Voyaga etmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xati-harakatlarga jalb qilish) bilan ayb e’lon qilinib, M.K., L.X. va A.X., larga nisbatan “qamoqqa olish” b.R., ga nisbatan “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasi tuzilgan va prosessual tartibida Buxoro shahar prokuraturasiga tegishli sudlov masalasini hal qilish uchun yuborilgan.

Kiritildi: 10:53 09.07.2020. O'qildi: 2849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!