Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda avtobus haydovchisini do‘pposlashdi

Buxoroda avtobus haydovchisini do‘pposlashdi

Sudlanuvchi Q.Q. qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, bir guruh bo‘lib, sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va JKning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatni sodir qilgan.

Chunonchi, u 2020 yil 21 fevral kuni taxminan soat 17:30 larda qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holda, ukasi Q.J. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, unga oldindan tanish bo‘lgan Buxoro shahar “...” ko‘chasi 155-uyda yashovchi fuqaro A.J.ning yashash uyi oldida o‘zaro kelishmovchiligi sababli janjalashib qolib, ushbu janjal vaqtida uning bosh, yuz-jag‘ sohalariga bosh va qo‘llari bilan bir necha marotaba urishi natijasida A.J.ga 02.03.2020 yildagi RSTEIAMning Buxoro filiali tomonidan berilgan 000-T-sonli xulosaga ko‘ra, o‘rta og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Sudlanuvchi Q.Q. sud majlisida bergan ko‘rsatuvida aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, u “... trans” MCHJda 2 yildan beri ...-yo‘nalishda avtobus haydovchisi bo‘lib ishlab kelayotganligini, A.J bilan u ushbu ishga kirgan vaqtida tanishganligini, u ham ushbu yo‘nalishda haydovchilik qilishini, keyin esa A.J. ishdan bo‘shab ketganligini, 2020 yil 21 fevral kuni soat taxminan 16:00 lardan keyin u 00-yo‘nalishda haydovchilik qiluvchi tanishi SH.J.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, ukalari Q.X. va Q.J. bilan birgalikda 6-kichik nohiyadagi “...” restoranida ovqatlanib o‘tirganligini, unga ham kelishni aytib taklif qilganligini, shunda u bora olmasligini aytganligini va unga bir kishi u bilan gaplashmoqchiligini aytib, telefonni unga berganligini, shunda o‘sha vaqtda noma’lum bo‘lgan kishi uni qayerdaligini so‘raganligini, shunda u unga restoranda o‘tirib ovqatlanib turganini aytgan vaqtida, u unga haqoratli so‘zlarni aytganligini, shunda u unga “tushunmadim, kimsan san” deganida, u yana unga haqoratli so‘zlar bilan so‘kinib gapirganligini, shundan so‘nggina u uni A.J. ekanligini taniganligini, shunda uni chaqirganligini, gaplashib olishlarini aytganida, u unga “man uyga ketaman kerak bo‘lsa uyga kel” deganligini, shundan so‘ng uni jahli chiqib, A.J. bilan gaplashib olishini ukalariga aytib, u yerdan chiqib ketganligini, keyin u taksi avtomashinasida A.J.ni uyi oldiga borganligini, uning izidan ukalari Q.X va Q.J.lar ham yetib kelganliklarini, keyin esa u yerga A.J. kelganida, u bilan ko‘rishib, nima uchun uni so‘kib haqorat qilganligini so‘raganida, u uni yana so‘kib, qo‘llari bilan itarib yuborganligini, buning natijasida esa uni yanada jahli chiqib, uni ikkala yelkasidan qo‘llari bilan ushlab boshi bilan yuz va jag‘ sohasidan 2-3 marotaba urib yuborganligini, natijada A.J. yerga yiqilganligini va yerga yiqilgan vaqtiqa uni yana do‘poslab urganligi, u o‘rnidan turgan vaqtida , yana uni so‘kib haqoratlaganligini, u uni yana urmoqchi bo‘lganida ikkala ukasi darhol ularni ajratib olganliklarini, lekin ukalari A.J.ni urmaganliklarini, keyin u yerga A.J.ning o‘g‘li kelganligini, shundan so‘ng u ukalari bilan birgalikda u yerdan ketganligini, oradan taxminan 5 daqiqalar o‘tmasdan, A.J. unga qo‘ng‘iroq qilib, gaplashib olishi kerakligini aytganligini, keyin u bilan Buxoro shahridagi “...” yaqinidagi “...” go‘zallik saloni oldida yana uchrashganliklarini, u bilan birgalikda otasi SH.J. ukasi S.J. va o‘g‘li A.SH.lar kelganliklarini, u yerda ular yana o‘zaro og‘zaki ravishda tortishganliklarini, biroq u yerda hech kim bir-birini so‘kib haqorat qilmaganligini va hech kim bir-biriga tan jarohati yetkazmaganligini, keyin u ukalari bilan o‘z ishlariga ketganligini, A.J esa otasi, ukasi va o‘g‘li bilan boshqa tomonga ketganliklarini, hozirgi kunda u A.J.dan kechirim so‘rab, u qilgan ishidan pushaymonligini, uning oilaviy sharoitini inobatga olib, unga qonuniy yengillik berishlarini so‘rabdi.

Sud sudlanuvchi Q.Q. ning aybiga to‘liq iqrorligini bildirib, qilmishidan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini, oilaviy sharoitini inobatga olib  shaxsiga mos va qilgan ishiga yarasha jazo tayinlandi.

 

 

 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro shahar sudi sudyasi                                                               J.M.Tojiyev

                                                                   

 

 

Kiritildi: 09:52 29.06.2020. O'qildi: 3379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!