Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda 256 million so‘mlik hujjatda ko‘rsatilmagan tovarlar fosh bo‘ldi

Buxoroda 256 million so‘mlik hujjatda ko‘rsatilmagan tovarlar fosh bo‘ldi

Bojxona xodimlari yurtimizga tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarni o‘z vaqtida fosh etishmoqda.

Xususan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Buxoro” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan temir yo‘l konteynerlarida yurtimizdagi MCHJ nomiga keltirilgan yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 256 million so‘mlik 163 dona “shveller” tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Kiritildi: 20:44 01.04.2020. O'qildi: 1444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!