Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Buxoroda 20 yoshli yigit yoqtirgan qizining ko‘ngli do‘stida ekanini bilgach, uni vahshiylarcha o‘ldirdi

Buxoroda 20 yoshli yigit yoqtirgan qizining ko‘ngli do‘stida ekanini bilgach, uni vahshiylarcha o‘ldirdi

Buxoroda vahshiy qotillik sodir etildi. 20 yoshli yigit do‘stini o‘ldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro tumanining «Sheyxon» MFY Dexchabegi qishlog‘idagi ariqdan 2018 yil 29 noyabr kuni 20 yoshli Shahzod Salomovning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. Tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu ishni Shahzodning azaldan tanishi, tengdoshi Aslonbek Usmonov sodir etgani ma’lum bo‘lgan.

Voqeaga sevgi sabab bo‘lgan. "Daryo"ning ma’lum qilishicha, Aslonbek Usmonov 2000 yilda tug‘ilgan Naimova Kamolani (qizning ismi sharifi o‘zgartirilgan) yoqtirgan, lekin qizning ko‘ngli Shahzod Salomovda ekanini bilgach uni o‘ldirishni maqsad qiladi. Kunlarning birida u Shahzod Salomovni Matizida Buxoro shahrining «Rohat» avtobekatiga chaqirgan. U yerda ikkalasi qattiq janjallashadi va Aslonbek yonidagi oshxona pichog‘i bilan Shahzodning ko‘krak qafasi oldi va yuzasiga 2 marta, chap yelka kamari sohasiga 2 marta va chap qo‘ltiqosti sohasiga 1 marotaba urib, jarohat yetkazib, qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan. Shundan so‘ng u jinoyatni yashirish maqsadida jasadni «Sheyxon» MFY Dexchabegi qishlog‘idagi «Sattorobod» arig‘iga tashlaydi va Matizni Do‘lama qishlog‘i hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li yoqasiga qulflangan holatda tashlab ketgan.

Aslonbekning barcha ishlariga guvoh bo‘lgan 1998 yili tug‘ilgan Jahongir Jabborov uni ham o‘ldirishidan qo‘rqib bu haqda hech kimga aytmay kelgan. Oradan bir kuni o‘tib, 2018 yil 30 noyabr kuni esa jinoyatchi ushlangan va shundan so‘ngina Jahongir guvohlik bergan.

2019 yil 21 iyunda Buxoro viloyati sudi tomonidan Aslonbek Usmonovga 13 yilga ozodlikdan mahrum etish, Jahongir Jabborovga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 07:00 14.09.2019. O'qildi: 6915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!