Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoro tumanida fuqarolarga soxta pasport tayyorlab berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Buxoro tumanida fuqarolarga soxta pasport tayyorlab berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.U. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga chet elga chiqish uchun taqiq qo‘yilgan bo‘lsada, tanishlari yordamida 3 600 AQSh dollari evaziga qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi sifatida soxta pasport tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi chegara postidan o‘tkazib qo‘yishga kelishib, oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:45 03.10.2022. O'qildi: 1935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!