Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Bo‘stonliqda "texpasport"ini yangilashga olib kelingan mashina Qirg‘izistonda 23 yildan buyon qidiruvda ekan

Bo‘stonliqda "texpasport"ini yangilashga olib kelingan mashina Qirg‘izistonda 23 yildan buyon qidiruvda ekan

Toshkent viloyati IIBB YHXBga kelgan avtomobil Qirg‘izistonda uzoq yillardan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 oktyabr kuni Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiluvchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro B.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan 1987 yilda ishlab chiqarilgan “Vaz-2106” rusumli avtomobilining eski namunadagi qayd etish guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun ariza bilan murojaat qilgan.

Ushbu avtomobilning ma’lumoti va agregat raqami tekshirilganda Qirg‘iziston Respublikasidan olib qochilganligi va 1998 yil 20 fevral kunidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Malumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBBda ro‘yhatga olinayotgan, qayta ro‘yhatdan o‘tkazilayotgan, ro‘yhatdan chiqarilayotgan transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi IIV “Yagona avtomatlashtirilgan hisob tizimi” bazasidan tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. Ushbu tizimdan tekshiruvdan o‘tkazish 2015 yildan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, avtomatik tarzda ishlaydi.

Kiritildi: 20:47 20.10.2021. O'qildi: 3910 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!