Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«Bugungi dumbullar avlodi, keyingi avlodni voyaga yetkazadi»

«Bugungi dumbullar avlodi, keyingi avlodni voyaga yetkazadi»

Petrozavodskdagi «Severnaya» mehmonxonasida 28 fevral kuni taniqli rus adabiyotgshunosi Marietta Chudakova 20-asr boshlarida Rossiyaning tarixi, Lenin, Stalin, Kerenskiy, Yelsin va boshqalar haqida ochiq ma’ruza o‘qidi. Uning nutqidagi asosiy sitatalari «7x7» internet nashri tomonidan sharhlandi.

Tarix darsligi haqida

– Hatto Oktyabrning 100 yilligi arafasida ham, aslida o‘sha paytda nima sodir bo‘lganligini va umuman bizning XX asr nimani anglatishini ham maktab o‘quvchilari, o‘smirlar bilishmaydi. Bu mutlaqo zulmat ichra ortda qolib ketish bo‘lib, bundan ikki yil burun, yuqoridan tarix darsligini tayyorlash yuzsidan topshiriq tushgan va unda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun, Rossiyaning butun tarixidagi ulug‘vor voqealarimizni ko‘rsatish ko‘zda tutilgan edi.

Odamlar vatanparvarlik nima ekanligini tushunishmaydi. Vatanparvarlik – bu Vatani bilan g‘ururlanish emas, balki Vatanga muhabbat, xuddi ota-onaga yoki farzandlarimizga bo‘lgan muhabbatga o‘xshaydi. Darslik, mag‘rurlikdan tarbiya berishi kerak deb o‘ylash- bu juda katta xato.

Agar tarix darsligiga, tarixiy haqiqatdan boshqa, lozim bo‘lmagan vazifalar qo‘yilsa, demak biz na tarixiy haqiqatni bilishga, va na o‘sha tarixni buzish evaziga qo‘yilgan vazifadan kutilgan natijaga  erisha olmagan bo‘lamiz. Na unisi va na bunisi bo‘lmaydi. Mamlakatga bo‘lgan muhabbat, tarix darsligida emas, oilada tarbiyalanishi kerak.

SSSRdagi xaqiqat to‘g‘risida

– Bu yerda o‘tirganlarning ko‘pchiligi katta yoshli kishilar. Bir mulohaza qilib, boshingizdagilarni tafakkur qilib ko‘ring:  1917 yil ohiridan so‘ng, hokimiyat loqal bir kun bo‘lsa ham Kengashga (Sovetga) tegishli bo‘lganmi? Loqal bir shaharda, bitta qishloqda bo‘lsa-da? Biz barchamiz, ya’ni yoshi 40 dan oshganlar bilamizki, u faqat hukmron partiyaga tegishli bo‘lgan. Hech qanday Sovet hokimiyati mavjud bo‘lmagan.

Men qayerdadir ko‘zim tushgan edi, bir aqilli kishi: «SSSR abbreviaturasida (qisqartirilgan so‘zida) bitta ham aniq so‘z yo‘q», deb yozgan edi. Ya’ni:

Ittifoq (Soyuz) – juda ham ko‘p narsa zo‘rakilik bilan tiqishtirilgan.

Kengash (Sovetskix) – buni men aytdim.

Sosialistik – kimdir sosializmning nima ekanligini va u, bizda qayerda bo‘lganligini tushuntirib bera oladimi?

Respublikalar – bu yerga yig‘ilib o‘tirganlarning barchasi kap-katta odamlar va hammamiz “respublika boshqaruvi” nima ekanligi bilamiz: uning boshida, saylanadigan Prezident turadi – bizda esa Markaziy qo‘mita tayinlar edi. Bir kunmas bir kun «va» bog‘lovchisidan keyin nuqta ham qo‘yilishi kerak.

Sud tizimi haqida

– 1864 yilda Rossiya uchun hayratlanarli bir hodisa yuz berdi – maslahatchilar ishtirokidagi sud joriy etildi va yoqlovchi- advokatlar ham bo‘lishdi. Ularga, ya’ni  jumladan, eng mashhur advokatlar [Vladimir] Spasovich, [Sergey] Andreevskiy, knyaz [Aleksandr] Urusov, [Fedor] Plevakolarga barcha sinflarga mansub ruslar to‘p-to‘p bo‘lib qatnar edi.

Advokatning vazifasi nimadan iborat edi? U sudyaga murojaat qilmas edi, u faqat sud maslahatchilariga murojaat qilib, ularni o‘z mijozi uchun jazoni yumshatish yoki bekor qilish uchun ularni ishontirishga xarakat qilar – bu uning vazifasi edi. Shuning uchun ular, o‘zlarining gapga chechanligi bilan mashhur edilar, «advokatcha gapga chechanlik» ifodasi ham shundan paydo bo‘lgan.

Plevakoning eng qisqa nutqi, qishloq ruhoniyisini himoya qilganda bo‘lgan edi. Qishloqlardagi ruhoniylar, odatda, juda kambag‘al bo‘lishar edi. Ularning farzandlari oz bo‘lmagan, tushum esa juda kam bo‘lib, ular cherkovga kelib tushgan mablag‘lari hisobidan yashar va topishlari juda ham oz bo‘lib, oilalarini boqolmasdilar. O‘sha qishloq ruhoniysi cherkov pulining kichik qismini o‘zlashtiradi. Uning aybi to‘liq isbotlanadi, uni himoya qilishni biron iloji qolmagan bo‘ladi.

Otam buni shunday g‘urur bilan gapirib bergandiki, o‘sha advokat eng qisqa nutq bilan sud maslahatchilariga qarata shunday murojaat qiladi: «Muhtaram janob sud maslahatchilari! Bu kishi sizning gunohlaringizni necha marta ketkazgan edi? (“otpuskat grexi”- nasroniylikda, ruhoniylar boshqalarning gunohini Xudoni nomidan kechish vakolati bor degan e’tiqod mavjud. izoh-taxr.) Bir marta siz ham uning gunohidan keching».  Sud maslahatchilari bir ovozdan: «Gunohkor emas» deb ovoz beradilar.

Sud  maslahatchilari xay’atidan hozirgi kundagi kabi ajrim qarorini chiqarish emas, balki hukm qilish talab etilgan. Xuddi Amerikada bo‘lgani kabi: guilty or not guilty  (inglizchadan tarjimasi- aybdor yoki aybdor emas), bizda ham: aybdor yoki aybdor emas. Aybdor bo‘lmasa – darhol ozod qilinadi. Agar aybdor bo‘lsa – ish sudyaga o‘tkazilib, keyinchalik qandaydir  jazo chorasi ishlab chiqilib, xukm chiqarilar edi.

Huquq fakultetida o‘qigan Lenin nima qilgan edi? U Rossiyaning shuncha mashaqqatlar bilan tuzgan sud tizimini butunlay buzib tashlaydi. Hech qanday himoyachilarsiz, sud maslahatchilarisiz, balki tergovni ham  olib boradigan va xukm ham chiqaradigan, sud ishlarini ham yuritadigan va hukmni ham ijro etadigan bitta organ- FQ (favqulodda qo‘mita- CHK)ni tayinlaydi.

Rossiyaning yutuqlari to‘g‘risida

– Aslini olganda [Sergey] Vitte sa’y-harakatlari, va uning ortidan [Pyoter] Stolipin shunga olib kelishdiki, hech qanday shubhasiz:

birinchidan, XX asr boshlarida Rossiya xuquqiy davlat edi – albatta, ko‘plab noaniqliklar yuz berib kelgan, biroq agar bir kishi Sankt-Peterburgacha yetib kelsa va rahbariyatgacha chiqib borsa, demak adolat qaror topishiga to‘la ishonch hosil qilish mumkin edi, vaholanki ilgariroq buni imkoniyati umuman bo‘lmagan edi.

Ikkinchidan, XX asr boshlarida dunyoda umumiy iqtisodiy inqirozi sodir bo‘lgan, u bartaraf etilgan va Rossiyaning 1913 yil dunyo bozoridagi sanoat mahsulotini nisbiy vazni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda edi. Bu yerda hech qanday narsa qo‘shish shartmas. Men asosan ta’lim berish ortidan yer sharining ko‘p qismini kezib chiqdim. Do‘konlarda umuman made in Russia yozuvi bo‘lgan narsalarni ko‘rmadim.

Biz uzoq vaqt bir ishga bel bog‘laymiz va keyin, ba’zan tez ildamlab ketamiz. Bu safar biz 1910 yillarda tezroq harakat qilgan edik.

Vatanparvarlik chiqindisi haqida

– Stolipin shunday degan edi (1913 yilda o‘ldirilgan bo‘lsada, ammo ungacha aytishga ulgurgan edi): «Rossiyani faqat urush sekinlashtirishi mumkin». Urush bo‘lishidan u juda qo‘rqardi. Va Nikolay II, soddaroq aytganda urushga umuman ma’nisiz aralashib qo‘ydi.

Barchani xursand bo‘lishi, boshqa masala. Barchangiz ikki yoki uch yil avval, hozirda to‘rtta, yangi olingan hududlardan so‘ng xursandchilikni eslasangiz kerak. Bu huddi o‘sha 1914 yilning yozida, urush boshlanganda sodir bo‘lgan xolatni eslatadi. Odamlar xursandchilikdan bir-biriga quchoq ochishgan, o‘pishishgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu borada psixiatrlarda allaqachon aniq ta’riflar mavjud ekan. Bunga «vatanparvarlik chiqindisi» deyiladi. U ikki oy davom etib, keyinchalik o‘tib ketar ekan. Bizda jahon urushining nima ekanligini bilishmas edi va umuman butun dunyoda ham bilishmas edi. Bu urush hammani, butun Yevropani qamrab oldi, chunki ilgari urushlar bo‘lsa ham, odatda, mamlakat boshqa bir mamlakat bilan yoki juda oz sonli davlatlar o‘rtasida sodir bo‘lar edi. Garchi 30 yillik urush bo‘lsa-da, ammo u ko‘proq mahalliy miqyosda edi, bunday dahshatli keng miqyosga ega bo‘lmagan edi.

To‘g‘risini aytganda, Lenin [Birinchi jahon urushini] imperialistik qirg‘in deb atadi va shuning uchun uni biz tekshirmadik. Nega uni o‘rganishimiz kerak ekan? Ahir imperialistik qirg‘ini bo‘lganidan so‘ng, hamma narsa aniqku. Uni o‘rganishni yuz yil to‘lganidan so‘ng, faqatgina 2014 yilda boshladik.

Stalin haqida

– Menga partiyaga a’zo bo‘lish uchun ochiq ravshan yo‘l bo‘lgan. Uyimda uchta kommunist bor edi: otam va ikki akam. Bitta akam frontda xizmat qilib, xuddi otam singari ko‘ngilli sifatida xizmatga ketgan. Bunday halol insonlarni boshqa uchratmadim va bundan keyin ham uchratmasam kerak. Halol va eng muhimi, o‘sha paytdagi qiyin davrda mutlaqo qo‘rqmas insonlar edi.

Men uchun har doim juda ibratli bo‘lgani: uyimizda dahshatli muhit xukumronligi yo‘q edi. Qanday qilib [otam] bunday xiyla ishlarni qilgan? Mening ikki yoki uch yoshligimdagi [oilaviy fotosuratlar albomi] ochilganda, bobomning oilamiz qurshovidagi tushgan suratlari bor edi. Ehtimol, otam o‘z otasining fotosuratini olib tashlash yoki yo‘q qilish xatto hayoliga hech qachon kelmagan bo‘lishi mumkin.

Men 13 yil Lenin nomidagi kutubxonaning inventarizasiya bo‘limida ishladim. Arxivlarni olib kelishar, men esa yigirmanchi asr arxivlarini qayta ishlar edim. Nafaqat fotosuratlarni yoqishlarini balanparvozlik bilan gapirish kerak: u yoqilgan fotosuratlardagi kullar ham yo‘q qilinar edi.

Xrushchevning ulkan xizmatlaridan bir shundaki, u yovuzliklarni ko‘rsatib berdi. Partiya tashkilotchisining chiqib kelib va shunday deganini hech qachon unutolmayman: «Hozir KPSS Markaziy Qo‘mitasining hujjati o‘qib eshittiriladi, uni muhokama qilish mumkin emas». Men faqat bir necha yillar o‘tgandan keyingi, buni qanday baholaganimni hech qachon unutmayman. Norozilik kayfiyati shovqini bizning butun auditoriyamiz ustidan uchib o‘tdi. Talabalarga hech qanday muhokama qilinmasligi yoqmadi. Lekin ko‘p yillar o‘tib, men Stalin o‘limidan so‘ng ikki yil ichida o‘zgarishlar bo‘lganini angladim. Chunki, Stalin davrida hech kim ovozini ham chiqarolmagan bo‘lardi.

Xrushchevning ma’ruzasidan keyin, men vijdonli talaba singari, Leninning tom ustiga, tom kitoblarini o‘qishga o‘zimni otdim. Ishoning, hech narsa kerak emas, u yerda yashirilmagan qo‘shimcha hujjatlar va boshqalar, garchi u yerda ular bo‘lsada. Har bir narsa, uning so‘zlaridan ma’lum: patologik maqsadni ko‘zlagan odam bo‘lib, maqsad- oxir-oqibat shartsiz vositalarni oqlaydi va huddi shaxmatchi kabi uning uchun insonlar mavjud emas, ular oddiy yog‘och shaxmat figuralaridir. Stalin faqatgina uning shogirdi, boshqa hech narsa emas. Nima yuz berishi hali noma’lum, agarda shunday bo‘lganida…

Siyosiy qarorlar xaqida

– Men uchun haligacha ham maxfiy bo‘lgani, qanday qilib 1900 yildan 1917 yilgacha Yevropada 17 yil bo‘lgan odam ozod etilganidan so‘ng, va u odamlarni yorqin kelajakka olib borishga qaror qilishi, qotil podshox tomonidan uning akasini osilishi, o‘zi esa surgunda o‘tirib chiqqan bo‘lsada, podshox xukumati tomonidan bemalol xorijga chiqarib yuborilganidir. [Lenin] shunday jamiyat quradiki, unda bular xaqida hech qanday so‘z bo‘lishi mumkin emas.

U London va Jenevada bexavotir yashagan. Men 1994 yilda Jenevada dars berdim, bir semestr o‘tkazdim va hamkasblarim menga: «Siz bu yerda qanday bexavotir turmush kechirayotganimizni ko‘rayapsizmi?» – deyishdi. Menga ishoning, 1900 yillarning boshlarida ham xuddi shunday vaziyat edi. U (Lenin) bu yerda yashab turib, jahon inqilobining mohiyatini qanday ko‘rdi? Bu sir.

Uni aqlli, masalan, o‘qimishli, bo‘lishi mumkin ham deylik. Hali uni buyuk mutafakkir deb hisoblaydigan ko‘p odamlar bor, shuning uchun ham uning haykallari hozirgacha mavjud. Lekin bu bema’nilik. O‘ta og‘ir g‘oyaviy xatoga yo‘l qo‘ygan odamni buyuk mutafakkir deb hisoblash mumkin emas. Agar u Rossiyada inqilob qilsa, butun dunyo bo‘ylab shov-shuv ko‘tarishi mumkin, deb hisoblaydi. Faqat «mumkin» yoki «umid qilaylik» emas, yo‘q. U, bu jahon inqilobining boshlanishi bo‘lishi mumkinligiga qat’iyan, yuz foiz ishonar edi. U nimaga asoslanib bunga ishonganligi haqidagi sirni, u o‘zi bilan olib ketdi. Bu avantyurizm xodisasining sof ko‘rinishi.

Kulbadagi Lenin haqida

– Leninga uning ortidan ta’qib qilishayotganini aytishar edi. Hamfikrlari unga sud oldida turib berishi va himoyalanishi kerakligini aytishgandi. Biroq, Lenin hayotini hech qachon xavf ostiga qo‘ymaydi. Uni ogohlantirishar va hammaga ma’lumki, u tezda Razlivga borar edi. Sestroreskga, u poyezda borishi hammaga ma’lum, u yerda esa har qanday yo‘l bilan Leninga yordam bergan ishchi Nikolay Yemelyanov bo‘lganligi ham barchaga ma’lum. Yemelyanovning  3 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yetti o‘g‘li bor edi. Hammasi, shu jumladan uch yasharlisi ham, Leninga yordam bergan.

Eng muhimi, noma’lum: u (Lenin) bilan Petrogradni tark etgan, [Razliv]da u (Lenin) bilan Zinovyev ham yashagandi. Umuman undan ayrilmasdan. Biroq, Zinovyevni darhol ta’qib qilishdi – u keyinchalik partiyadan ham chiqarib yuborildi, keyin esa u, troiskiychi deb hisoblanadi. Suratlar massasida: Lenin stolda o‘tiribdi. Va keyinchalik 1947-1948 yillarda, uni yanada chiroyli tasvirlash uchun, “Lenin va Stalin Razlivda” suratlari paydo bo‘ladi.

[Lenin] Yemelyanov bilan xayirlashar ekan, unga: «Men sizlarni hech qachon unutmayman hamda partiya ham sizni hech qachon unutmaydi va orden yozib berib taqdirlaydi» -deydi. Ha, partiya uni unutmadi. O‘zini, xotini bilan birgalikda 10 yilga (lagerlarga) hukm qilib qamadi. Bu yetarli emas edi. Bir nechta o‘g‘illari otib tashlandi. Ulardan biri urushga boradi, u ikki marta yaralanadi, qaytib kelganda, uni  yana sud qilishadi, lagerga jo‘natishadi, u lagerdan qochadi, qochgandan keyin uni o‘sha yerni o‘zida darhol otib tashlashadi. O‘z vaqtida Moskvaga ko‘chib o‘tgan yagona farzandi tirik qoladi.

80 yoshli Yemelyanov va uning 75 yoshli xotini surgundan ozod etilgandan keyin, o‘z joylariga qaytib boradilar. Qandaydir yashashi uchun ham, katta qiyinchilik bilan uni elektrik qilib ishga olishadi.

Uni nima qutqaradi? Xuddi Odessada aytiladigan gapdek: «Siz kulasiz.» So‘nggi ikki yil ichida u hech bo‘lmaganda biror yegulik narsasi bor bo‘lgan, umuman esa ular ochlikda yashar edilar. 1956 yilda Broz Tito bizni ziyorat qilishni rejalashtirgandi [Iosip Broz Tito, Yugoslaviya inqilobchisi]. O‘sha paytda ham, xuddi hozirgilarday tarkibi bilan mashhur bo‘lgan bizning boshliqlarimiz yugurgulab-sakray boshladilar. Zudlik bilan Yemelyanovga «Lenin ordeni» va shaxsiy pensiya ajratishadi, xotiniga tezda «Qizil bayroq ordeni» berishadi. Natijada esa, Tito u yerga kelmaydi, lekin xotini kelib, kulbani tamosha qiladi va kulbani ko‘rayotgan xolati fotosuratga tushiriladi.

Oktyabr to‘ntarishi xaqida

-Lenin oktyabr inqilobini tayyorlashda qachon ishtirok etgan? Tungi 24 oktyabrdan  25  oktyabrga o‘tar kechasida, u birinchi marta Smolniyga, grimlangan, tishini bandaj qilib bog‘lagan ko‘rinishda keladi va u yerda esa, allaqachon Troiskiy bilan Antonov-Ovseenko javlon urishayotgan, ular Leninga telegraf qo‘lga kiritilganligi va x.k.larni gapirib berishgan edi. U zudlik bilan murojaatnoma yozadi.

Keyinchalik Antonov-Ovseenko otib tashlanadi, Troiskiy mamlakatdan quvg‘in qilinadi, keyinchalik esa bolta bilan urib o‘ldirishadi. Stalin esa tiniq va aniq tushuntirib beradi va Oktyabr inqilobini Lenin va Stalin amalga oshirganligi xaqida maktablarda bir necha avlodlarga o‘qitilib kelinadi. Vaholanki, Lenin oxirgi soatlarda kelib qo‘shilgan edi.

Lenin yagona shaxs diktaturasini tashkil qilmoqchi edi va bu niyatini yashirib ham o‘tirmadi. Faqat Stalin doim makkorlik qilib kelgan, Lenin esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri shunday degan edi: «Diktatorlik – bu bir sinfning boshqa bir sinf ustidagi zo‘ravonligi va uning yordamisiz sosializmni qurish mumkin emas». Zo‘ravonlikka prinsip sifatida.

Kerenskiy haqida

Agarda ikkita inson Nikoloy II va [Aleksandr] Kerenskiyning baxtiqaro xususiyatlari, ya’ni, ularning zaif xarakterlari bo‘lmaganida, hammasidan ko‘ra, patologik maqsad ko‘zlangan va boshqa insonlarning xayotiga befarq qaraganlar va barchaga ma’lum bo‘lgan Stalinning xususiyatlari bo‘lmaganida, hatto ular xaqida gapirishni istamayman,… shuni tasdiqlashim mumkinki, Rossiya tarixi boshqacha ketishi mumkin edi.

Kerenski bilan suhbatlashishganda, shunday deb so‘rashadi:

– Oktyabr inqilobi va undan keyingi vaziyatlardan qutilish mumkin edimi?

– Mumkin edi.

– Qanday?

– Buning uchun bitta kishi otib tashlanishi kerak edi.

– Kim? Leninmi?

– Yo‘q, men, – dedi Kerenskiy.

Kornilov shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra, Lenin bilan raqobatlasha oladigan yagona shaxs edi. Undaylar bizda yo‘q edi, topilmadi. Kornilov esa bo‘lishi mumkin edi. Kerenskiy, xuddi hozirgiday ko‘pincha bizning muxolifatimiz bilan sodir bo‘layotgani kabi, Kornilov uning diktator bo‘lishini aniqlaganida, Kerenskiyga bu juda ham yoqmagan edi. Shaxsiy ambisiyalar siyosatchilar uchun xavfli hisoblanadi. Va Kornilov itoat qilishni istamagan, u ishonch bilan va Rossiyaga falokat xavf solayotganligini mutlaqo to‘g‘ri deb bilgan va harakat qilishda davom etgan. O‘shanda keyin Kornilovga qarshi Kerenskiy Lenin bilan birlashishdan yaxshiroq yo‘l topmagan.

Men [o‘z kitobimda] yozgandim: Agarda Kerenskiga: «Biz sen uchun ikki daqiqadan, uchta yildan, uchta deraza ochib bersak  – 1922, 1937 (va yana qaysidir yil esimda yo‘q). Va sen diqqat bilan nazar tashla», deyilganda. Va u jasadlardan iborat to‘plangan tog‘larni va tonnalab qonlarni ko‘rganida, u darhol Kornilov bilan birlashar edi. Agar Kornilov birlashishni istamasa, hatto kerak bo‘lsa u iblis bilan birlashgan bo‘lar edi. Ammo deraza ochilmadi va Kerenskiy Rossiyani oldinga xarakatlantirib ketdi.

Kamenev haqida

– 1934 yilda [Lev] Kamenev hibsga olindi. Nima uchun, kimnidir o‘ldirdimi? Yo‘q. Kaltakladimi? Yana yo‘q. Allaqachon yagona boshqaruv tiziginini egallagan, o‘z partiyasining yuqori qismidagilar bilan o‘zaro ixtilof bo‘lgani uchun. Bu ixtilofi uchun, u dastlab  besh yil qamoq jazosini oladi, keyingi yil esa partiyadosh o‘rtoqlaridan yana 10 yil oladi, keyinchalik, 1936 yil avgustida xuddi shu partiyadosh o‘rtoqlaridan- kallasidan o‘q qabul qilib oladi. Men har doim o‘ylayman: u 53 yoshda, nima uchun o‘layotganligi qanchalar qayg‘uli.

Uning oilasi bilan nimalar yuz berganligi, yangi xokimyat bilan podshox xokimyati o‘rtasidagi yaqqol farqni ko‘rsatadi, vaholanki jon-jaxd bilan podsho xokimiyatni o‘zlari ag‘darishgan edi. Uning birinchi xotini Troskiyni singlisi, 1927 yilda u bilan ajrashib ketib – darhol xibsga olingan edi, lekin darhol otib tashlanmay, faqat urush boshlangandagina buni amalga oshirishgan edi. Ungacha esa, xech bir istisnosiz otasi tufayli, 1937 va 1938 yillarda ikkita o‘g‘li otib o‘ldirilgan. Stalin: «O‘g‘li otasi uchun javob bermaydi», deb e’lon qilgan va hamma buni takrorlar, gazetalarda chop etilar edi. Kamenevning ikkinchi xotini 1937 yilda otib tashlangan. Yetti yoshli ularning o‘g‘li yetimxonaga yuboriladi. Faqat 27 yoshida, 1956 yilda, Vladimir Kamenev shunday deydi:

– 27 yoshimning 17 yilini surgun va lagerlarda o‘tkazdim.

​​Kamenevning akasi, Nikolay va uning xotini va ularning o‘g‘li – yangidan e’lon qilingan xalq dushmaniga qarindosh bo‘lgani, qaro munosabatlari uchun otib tashlanadi.

Bizda bular borasida juda ham kam fikr-o‘y yuritiladi.  Lenin, Kamenev va ularning hamfikrlari xarakati bilan buzib tashlangan o‘sha chor Rossiyasida ham, xalqni va umuman butun dunyoni porloq kelajak sari boshlash uchun, bunday oilalar tarixi nafaqat bo‘lmagan, so‘zlarimga ishoning, odamlar bilan bunday munosabatda bo‘lish, hatto xayolga ham keltirilmagan. Hech kimning hayoliga ham kelmagan.

Yaxlit raqamlar haqida

– Ortiqcha nonni tortib olinishga qarshi qo‘zg‘olon boshlanadi. Bizning rus dehqonimiz o‘zidagi narsalarni ortiqcha yoki ortiqcha emasligi bilan o‘zi shug‘ullanishga odatlangan. Ha, u berishni xohlamaydi. O‘sha joyga dahshatli maktub yuborishadi: «Shak-shubhasiz tarzda 100 nafardan kam bo‘lmagan odam ommaviy ravishda osilsin».

Birinchidan, yaxlit raqamlar- juda ajoyib buyum. Xuddi shundan keyin, 1922 yilda: «Kamida 1000 nafar ruhoniy otib tashlansin» deb yozadilar. Yaxlit raqamlar shaxmatchining inson hayotiga to‘liq munosabati xaqida so‘zlaydi.

Ikkinchi band: «Barcha nonni tortib oling». Oiladan. Keling, manashu ikkita bandda biroz to‘xtalamiz va o‘zimizga savol berib ko‘ramiz: uning [ boshida] biror narsasi bormi yoki yo‘qmi? Qishloq va uning qoq o‘rtasida dehqon osib qo‘yilgan. Uning yonidan, ya’ni osib qo‘yilgan otaning yonidan, uning hech bir gunoh qilmagan bolalari o‘tib yuribdi. Buni tushunish uchun shifokor bo‘lish shart emas: umrining ohirigacha jarohat yetgan –  bolshevizimga qo‘lida qurolsiz tarzda qarshi chiqqanligi va faqat o‘z vaqtida ortiqchasini topshirmaganlgi uchun qishloqni qoq o‘rtasida osib qo‘yish. Nonni tortib olishmi? Lekin jinoyatchi allaqachon osilgan ediku!  Kimdan nonini tortib olishadi?  Ochlikdan o‘lib ketishi uchun oiladan tortib olinadi.

Buvijonlar ertagi haqida

Agar biz buvijonlarimizning Lenin qanday yaxshi inson bo‘lganligi haqida va Stalin uning ortida yelday uchib borganligi xaqidagi gapirganlariga qarshi chiqmas ekanmiz, mamlakatda hech qanday ijobiy xolat kuzatilmaydi. Xuddi o‘sha eski narsalar yana qayta tiklanaveradi. Oldindan uzr so‘rab aytamanki, ya’ni bugungi dumbul avlodlar, keyingi avlodlarni dubmbul sifatida parvarish qilib, yetishitiraveradi. <…>

Biz, hozirgacha nima uchun uning xaykallarini butun mamlakat bo‘ylab saqlab turganimiz noma’lumligicha qolmoqda… Ko‘pchilik shunday deyishadi:

– Ha, menga baribir, men har kuni uning yonidan e’tibor bermay o‘tib ketaveraman, men uchun bu oddiy suv tortib beradigan matoxday.

– Siz uchun – deyman men. – Sizning ongingiz allaqachon shakllanib bo‘lgan. Lekin bolalarniki  emas.

Har qanday uch-to‘rt-besh yoshli go‘dak bolani, qishloqdami yoki shahardami o‘shani haykali o‘rnatilgan joydan buvijonisi yetaklab olib o‘tar ekan, xech shubhasiz bola quyidagi savolni beradi:

– Buvijon bu kim?

Buvijonlarning 99%, Lenin qanchalar ham yaxshi inson bo‘lganligi xaqidagi javobni berishadi. Ehtimol, kamdan kam xolatlarda uchraydigan, biror bilimdon buvijonlar orada chiqib qolib: «Ha, bilasanmi bolam, bu xaykal umuman Rossiyani xarob qilgan odamga tegishli»-deb aytib qolishi mumkin. Agar u shunday deb aytsada,  4 yoshli bolada quyidagi sodda mantiqiy savol paydo bo‘ladi:

– Buvijon, nimaga unda bu odamga xaykal o‘rnatilgan?

Demakki, shahardami, qishloqdami, ular bolaligida o‘zimiz kabi xuddi o‘sha manbalardan quvvatlanib kelgan ekan. Bu cheksiz ravishda takrorlanaveradi: Lenin yaxshi.

Tarixiy xotiralar haqida

– Men tadqiqot o‘tkazdim.  Hamkasblarimdan 20 daqiqacha dars vaqtlarini menga xadya qilishlarini so‘radim. Sakkizinchi sinfni tugatayotgan o‘quvchilardan yetti savolga javob berishni so‘radim. Savrllarimni ayrimlari quyidagilardan iborat edi: «Lenin haqida nimalarni bilasan va u xaqida qanday fikrdasan?», «Stalin xaqida nimalarni bilasan va u xaqida qanday fikrdasan?», «Elsin xaqida nimalarni bilasan va u xaqida qanday fikrdasan?».

Mening qayg‘uli gipotezam to‘liq tasdiqlandi: 13 yoshli o‘smirning  boshi axlat bilan to‘la bo‘lgan xolatda 9-sinfga kirib keladi. Hammasi, bir xil mazmunda yozishgan: «Lenin – yaxshi, mehribon, insonlarni sevgan, bolalarni sevgan, Rossiyani oyoqqa turg‘azgan» .

Stalin. Stalin haqida yozganlarida “lekin” qo‘shimchasiga e’tibor bering. «Stalin, ha, qattiqqo‘l bo‘lgan, hatto ba’zan shafqatsiz ham edi, lekin u Ulug‘ Vatan urushida g‘alaba qozondi». Aynan manashu «lekin»  qo‘shimchasida sabab-oqibatlar munosabatlari yotibdi: ko‘p ehtimolga ko‘ra, shuning uchun ham g‘alaba qozongan, ya’ni, zolim bo‘lib – repressiya unga  g‘alaba qilishiga yordam bergan, degan tushuncha mavjud.

1941 yilning kuzida polk bayroqlari bilan, komissar va komandirlari bilan butun boshli diviziyalar taslim bo‘lganligini, otam shaxsan kuzatganini ular bilmasligi mumkin. Faqatgina keyinchalik, bir necha oydan so‘ng, har holda o‘z yerini muhofaza qilish kerakligi xaqida o‘ylab qolishadi. Tezda o‘zlariga kelib qolishmaganligi kunday ravshan. Keyin, ha, ular yaxshi jang qilishdi, lekin o‘z paytida bular darhol sodir bo‘lmagan edi.

Elsin haqida esa hech qanday ijobiy fikrli javoblar yo‘q. Men Yelsinni Aleksandr II darajasidagi tarixiy shaxs deb hisoblayman va buning uchun men haqimda istagan fikrda bo‘laverishingiz mumkin. Men avfnoma bo‘yicha komissiya a’zosi va Prezident kengashining a’zosi sifatida yaqindan uni kuzatganman. Yelsin bunday kengashlarni o‘zi olib borar edi, men uning qarshisiga o‘tirardim va shaxsan kuzatib turardim.

Elsin haqida yozgan narsalarning eng yorqinlari shunday mazmunda: «Elsin- piyonista, yahudiy va ahmoq».

Marietta Chudakova Moskva davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan, taxminan 20 yil davomida Lenin nomidagi SSSR Davlat kutubxonasi qo‘lyozmalar bo‘limida ishlagan. 1985 yildan boshlab M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida dars berib keladi. Gorbachev davridan boshlab Sovet tuzumiga qarshi fikrlari bilan chiqish qilib keladi, 2000 yillar o‘rtasida siyosat bilan shug‘ullangan, Prezident kengashi tarkibida ishlab kelgan va Rossiya Prezidentining afv qilish bo‘yicha komissiyasining a’zosi bo‘lgan.

Muallif Sergey Markelov, «7x7»

Manba: tarjumon.uz

Kiritildi: 07:00 21.01.2020. O'qildi: 6229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!