Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasiga rais saylanishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasiga rais saylanishi kutilmoqda

Manbaning xabar berishicha saylov uchun o‘tkaziladigan qurultoy har besh yilda bir marta o‘tkaziladi. Unda bosh vazir Abdulla Aripov ham ishtirok etmoqda.

Nashrning yozishicha ilk marta rais va uning o‘rinbosari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish orqali saylanishi kutilmoqda. Ammo shu vaqtgacha nomzodlar nomi ochiqlanmagan.

Katta ehtimol bilan uyushma raisligiga uni 2016 yildan beri boshqarib kelayotgan Qudratilla Rafiqov qayta saylanadi.

Qudratilla Rafiqov 1947 yilda tug‘ilgan. 1993-1998 yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi raisi muovini, 1998 - 2003 yilgacha Jizzax viloyati kasaba uyushmalari Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinroq «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ bosh direktori lavozimida ishlagan. 2016 yil dekabrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasiga rahbar etib saylangan. (# (https://t.me/uzdiplomat/12308))

Kiritildi: 13:19 01.11.2025. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!