Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Bugun Chilonzor va Qibray tumanlari, Namangan va Andijon elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

Bugun Chilonzor va Qibray tumanlari, Namangan va Andijon elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

13 noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 8-mavze hududiga qarashli 10 kV 961-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, 42, 43, 44, 45, 46, 48, 49, 50, 51-sonli ko‘p qavatli aholi yashash uylarida elektr energiyasi bo‘lmaydi.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati Qibray tumanining “Gulbog‘”, “Amir Temur”, “Chingeldi”, “Toshisti”, “Do‘stlik”, “Jarboshi”, “To‘lqintepa” MFY hududlari elektr ta’minotini ta’minlovchi “Tuzel” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ushbu aholi xonadonlarida soat 08:00 dan soat 18:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi.                          

Chortok tumanidagi 35/10 kVli “Alixon-2” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Chortoq tumanining “Dexqonobod”, “Arbag‘ish”, MFYlari Yangiqo‘rg‘on tumaning “Yangiobod” MFY hududlaridagi iste’molchilarga;

Kosonsoy tumanidagi 35/10 kVli “Kosonsoy” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Kosonsoy tumanining “M.Azam”, “Majnuntol”, “Gulbog‘” va “Chust ko‘cha” MFYlar hududlarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Andijon viloyatining ayrim hududlarida ertaga ya’ni 2019 yil 13 noyabr kuni 110/6 kV kuchlanishli “Baxt” podstansiyasida mukammal ta’mirlanish ishlari olib borilishi sababli, Andijon shahri hamda Oltinko‘l tumanidagi “Jalabek”, “Uyg‘ur”, “Mehnat”, “Safoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi aholi xonadonlarida;                                                                                                                      

Shuningdek, 35 kV kuchlanishli “L-Navoiy” havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlanish ishlari olib borilishi sababli 35/10 kV kuchlanishli “Ozod”, “Mexnatobod”, “Niyoz-botir” podstansiyasidan ta’minlanuvchi Asaka tumanidagi “Yuqori Bo‘z”, “Mehnatobod”, “Bo‘zariq”, “Marqa yuz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Kiritildi: 08:52 13.11.2019. O'qildi: 1951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!