Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bugun 8 ta davlatda zilzila qayd etildi

Bugun 8 ta davlatda zilzila qayd etildi

Xabaringiz bor, bugun Turkiyaning janubiy viloyatlarida ikki marotaba zilzila sodir bo‘ldi.

Turkiyadagi bu tabiat hodisasidan so‘ng yana bir qator mamlakatlarda yer silkinishi kuzatildi:
Afg‘onistonda Toshkent vaqti bilan 16:04 da 4,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi;
Abxaziyada ham yer silkinishi qayd etildi;

Armanistonga ham yetib keldi. Yerevanda zilzila kuchi uch ballni, Gyumrida esa 3-4 ballni tashkil etgan.

Shuningdek, Isroil va Gruziyada ham yer qimirlashi qayd etilmoqda.
Hozirgacha rasman 8 ta davlatda zilzila qayd etilgan. Bular Turkiya, Suriya, Iordaniya, Isroil, Gruziya, Armaniston, Afg‘oniston va Livan.

Kiritildi: 18:00 06.02.2023. O'qildi: 4289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!