Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Budapeshtdan Samarqand, Toshkent va Buxoroga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Budapeshtdan Samarqand, Toshkent va Buxoroga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Vengriya hukumati Budapeshtdan Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha aniq chora tadbirlarni qabul qilish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar “WizzAir” aviakompaniyasi tomonidan Budapesht – Samarqand yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini yo‘lga qo‘yilishini ham muhokama qilishdi.
Bundan tashqari, Vengriya TIV rahbari Budapeshtdan O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent va Buxoro kabi yirik shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshirilishiga qiziqish bildirdi.
O‘zbekiston tomoni yaqin vaqt ichida Vengriya aviatashuvchisiga ushbu reysni ishga tushirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Kiritildi: 18:40 27.09.2021. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!