Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Bu ertak emas — haqiqat

Bu ertak emas — haqiqat

Finlandiya ajoyib mamlakat. Kecha ayolimni tug‘ruqxonaga olib borgandim. 50 kilometr uzoqlikdagi tug‘ruqxonaga borish uchun sosial taksi chaqirganimiz uchun 100 yevrolik yo‘lga chegirma orqali 25 yevro to‘ladik.

Tez yordam chaqirsak ham bo‘lardi, biz bemalol taksida borishni ma’qul ko‘rdik.

Ayolimni tekshirgan vrachlar alohida xonaga joylashtirishdi, otalari kutib turishi uchun ham alohida xona berar ekan. Men bolalar uyda yolg‘iz qolgani uchun qaytib ketdim.

Uyga yetib kelganimdan ikki soatcha o‘tib shifokorlar telefon qilib qiz ko‘rganim bilan tabrikladi.

Bugun ertalabda bolalarni olib, ayolim yotgan viloyat markaziy shifoxonasiga bordik (Bu yerda har bir tuman, shaharda tug‘ruqxona yo‘q. Viloyat markazidagina bor. Hamma o‘sha yerga boradi).

Borsak, hamma zamonaviy qulayliklarga ega xonada qizim ikkalovi ekan. Xonada televizordan tortib zarurat bo‘lib qolsa hamshirani chaqirish uchun telefon xizmatigacha bor. Xonaning bir chetida issiq suv, sovuq suv, dush kabinasiyam bor. Xohlaganlar katta bolalariniyam birga olib kelib yotaverar ekan.

Uch mahal issiq ovqat. Eng muhimi, halol ovqatgacha bor. Oshxonaga kirib patnisni olib istagan ovqatingizni, salatingizni, mevalaringizni, ichimliklaringizni tanlab olaverasiz.

Kecha yo‘lga chiqishdan oldin bitta tugunda yangi mehmon uchun kiyimlardan solib olgandik. Ochilmabdiyam. Tug‘ruqxonadan nafaqat chaqaloqqa, onasigayam yangi ust-bosh, oyoq kiyim berilar ekan. Yana suyunchisiga bir paket chaqaloq uchun zarur bo‘lgan narsalar sovg‘a qilinarkan.

Buyam hammasi emas, onasiga uch yillik nafaqasi bilan ta’til, otasiga deyarli bir oy ta’til berilarkan. Men ta’tilni yangi yildan olishni mo‘ljallab turibman.

Uch oycha oldin chaqaloq uchun besh yuz yevrolik sovg‘a beriladi, ichida ikki-uch yoshgacha yetadigan ust-boshlari va chaqaloqqa zarur narsalari bilan.

Yaqinda kartamgayam 350 yevro tushirib berishgandi chaqaloqqa zarur narsalar olish uchun.

Doimgidek, bularni yozishdan maqsad maqtanish emas, solishtirish.
Xalqi manfaatini o‘ylagan davlat mana shunday jon kuydirish kerak. Faqat jarimalar va soliqlar bilan bezitmay."

Akmal Andijoniy

Manba: sof.uz

Kiritildi: 06:37 06.12.2019. O'qildi: 4620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!