Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Bryus Lining qizi otasi "o‘ynagan" kinodan qattiq g‘azablandi. Nega?

Bryus Lining qizi otasi "o‘ynagan" kinodan qattiq g‘azablandi. Nega?

Taniqli rejissyor Kventin Tarantinoning "Bir kuni Gollivudda" nomli filmining Xitoydagi premyerasi noma’lum muddatga qoldirildi. Sababi, filmdagi Bryus Li bilan bog‘liq sahna aktyorning qizi Shennon Lining jahlini chiqargan.

Shennon Li lentani o‘zgartirishni so‘rab, murojaat qildi. Ammo ma’lumotlarga ko‘ra, Kventin Tarantino buni rad etgan. Film premyerasi 25 oktyabrda bo‘lishi kerak edi, lekin Tarantino lavhani o‘zgartirishni istamagach, noma’lum muddatga qoldirildi.

Gap shundaki, Shennon Lining fikricha, Bryus Li filmda juda kekkaygan, olifta qiyofasida gavdalangan. Sahnalardan birida Bryus Li obrazini gavdalantirgan aktyor Muhammad Alini yelkasi bilan yiqitishini aytadi. Shennon esa otasi hech qachon bunday demaganini ta’kidlaydi. Shennon rejissyordan uzr so‘rashni va lavhani o‘zgartirishni talab qilmoqda.

Kiritildi: 11:45 21.10.2019. O'qildi: 8197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!