Buyuk Britaniyaga Rossiya va Eron tomonidan tahdidlar kuchaymoqda. Bu haqda Britaniya kontrrazvedka xizmati MI5 rahbari Ken MakKallum ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Rossiya razvedka xizmatlari Londonning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi munosabati bilan Buyuk Britaniyadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinmoqda. MakKallumning ta’kidlashicha, Rossiya Harbiy razvedka Bosh boshqarmasi agentlari “o‘t qo‘yish, qo‘poruvchilik va boshqalar” orqali “Britaniya va Yevropa ko‘chalarida tartibsizlik yaratish bo‘yicha doimiy missiya”da.