Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Britaniya gazetasi AQSh dengiz kuchlari harakatlarida "uchinchi jahon urushi xavfi"ni ko‘rdi

Britaniya gazetasi AQSh dengiz kuchlari harakatlarida "uchinchi jahon urushi xavfi"ni ko‘rdi

Britaniyalik jurnalist Amerika harbiy kemalarining Rossiya qirg‘oqlari yaqinidagi harakatlari nafaqat xavfli oqibatlarga olib keladi, balki jahon urushiga sabab bo‘ladi, deb hisoblamoqda, deya xabar berdi “Daily Express”.

"Uchinchi jahon urushi xavfi Buyuk Pyotr ko‘rfazidagi chegara buzilgach, Rossiya harbiy kemasi Amerika kemasini haydab chiqargandan keyin yana avj oldi", deyiladi maqolada.

Avvalroq, Amerikaning "Jon Makkeyn" harbiy kemasi Rossiya dengiz chegarasidan 2 km nariga o‘tib ketgani, uni Rossiyaning "Admiral Vinogradov" kemasi to‘xtatgani ma’lum qilingandi.

“Qo‘shma Shtatlar o‘z navbatida Rossiya chegarasi buzilganligini kema "suzish erkinligini ta’minlash maqsadida" operasiya o‘tkazayotgani bilan izohladi. Amaliyot Vashington Buyuk Pyotr ko‘rfazini Rossiyaning hududiy suvlari deb hisoblamasligini ko‘rsatdi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Kiritildi: 23:04 25.11.2020. O'qildi: 2726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!