Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Britaniya Apple va Google’ga qarshi yangi tergov o‘tkazmoqchi

Britaniya Apple va Google’ga qarshi yangi tergov o‘tkazmoqchi

Britaniya raqobat va bozorlar boshqarmasi (CMA) Amerikaning Apple va Alphabet Inc tarkibiga kiruvchi Google kompaniylariga nisbatan yangi tergov boshlashi mumkin. Bu haqida Financial Times xabar berdi.

Regulyator avvalroq Apple siyosati iPhone uchun uchinchi tomon brauzerlarida yangi funksiyalarni amalga oshirishni murakkablashtirishini aniqlagandi.

CMA, shuningdek, Google va Apple o‘rtasidagi daromadlarni taqsimlash bo‘yicha kelishuv “iOS mobil brauzer bozorida raqobat qilish uchun ularning moliyaviy rag‘batlarini sezilarli darajada kamaytiradi”, degan xulosga kelgan.

Regulyator foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini to‘plab, keyin to‘liq tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Apple kompaniyasi CMA tekshiruvi natijalariga rozi emasligini e’lon qildi.

22 noyabr kunidagi birja savdolari davomida Apple aksiyalari 0,3 foizga oshdi, Alphabet’niki esa 1,7 foizga arzonlashdi.

Kiritildi: Bugun 09:33. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!