Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Brent markali neft narxi 40 dollardan oshdi

Brent markali neft narxi 40 dollardan oshdi

6 martdan beri birinchi marta bir barrel Brent markali neft narxi 40 dollardan oshdi.

Toshkent vaqti bilan soat 05:44 da Brent rusumli Shimoliy dengiz neftining avgust fyucherslari narxi 5,324 foizga ko‘tarilib, bir barreli 40,36 dollarni tashkil qildi.

WTI markali neftning iyul fyucherslari narxi esa 6,85 foizga oshdi va bir barrel uchun 37,87 dollarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuv parametrlarini o‘zgartirish yoki uni uzaytirish bo‘yicha kelisha olmagandi. Natijada 1 apreldan boshlab alyansning sobiq a’zo davlatlarida neft qazib olish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.


 

Kiritildi: 10:15 03.06.2020. O'qildi: 2041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!