Finlyandiyada o‘tkazilgan beshinchi divizion bahsida “Finnkurd” jamoasining braziliyalik futbolchisi Jonatan Gerreyro o‘yindan so‘ng polisiya tomonidan qo‘lga olindi.
Globo nashri xabar berishicha. u kelishilgan o‘yinda ishtirok etganlik va uni tashkil etganlikda gumonlanmoqda.
Voqea 5 oktyabr kuni “Finnkurd” va “Espa/Renat” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin sodir bo‘lgan.
Hozirda tergov organlari tomonidan futbolchining o‘yinda noqonuniy bitimda ishtirok etgani yoki tashkilotchilik qilgani yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.