Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 1,6 million nafardan oshdi

Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 1,6 million nafardan oshdi

Braziliyada bir kunda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar soni 602 kishini tashkil etdi. Bir kecha-kunduzda virusni yuqtirganlar soni 26051 kishiga ko‘payib, 1 633 055 kishiga yetgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining yakshanba kuni e’lon qilgan ma’lumotlarida shu haqda so‘z yuritilgan.

Umuman, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganidan buyon ushbu xastalikdan 65 556 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 979 ming bemor tuzalgan

Mamlakatning San-Paulu, Rio-de-Janeyro, Espiritu-Santu va Minas-Jerays shtatlari joylashgan janubi-sharqiy mintaqalari Braziliyada infeksiya tarqalayotgan hududlar hisoblanadi. Bu yerda 553 mingdan ortiq virus yuqtirganlar bor va 29 750 bemor vafot etgan. Mamlakat shimoli-sharqidagi 9 shtatda 547 ming kishida virus aniqlangan, 20 957 inson hayotdan ko‘z yumgan. 

Kiritildi: 08:55 07.07.2020. O'qildi: 1465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!