Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bozorchi ayollar: "Bozorda ma’naviyat bo‘lgani yaxshi, ammo “svet” ko‘proq kerak" (video)

Bozorchi ayollar: "Bozorda ma’naviyat bo‘lgani yaxshi, ammo “svet” ko‘proq kerak" (video)

Xotin-qizlar qo‘mitasining bozorlarda boshlang‘ich tashkiloti tuzilishi bozorchi ayollarga kerakmi? Ana shu savol bilan mavzu qahramonlariga murojaat qildik. Ularning aksariyati bozorga “ma’naviyat olib kirish” g‘oyasiga qarshi emas, biroq bozorda undan ham muhimrok muammolar bor deb hisoblaydi.

Xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotini bozorlarda tuzish masalasi qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Ushbu mavzu yuzasidan OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar va internet foydalanuvchilari tomonidan ko‘plab fikrlar bildirildi. Togri.uz bozordagi sotuvchi ayollarga mikrofon tutdi.

Ayollarni ma’rifatga chaqirish doim kerak

So‘rovda qatnashgan ayollarning aksariyati bozorga ma’naviyat olib kirish g‘oyasiga qarshi emas. Ularning ta’kidlashicha, ma’naviyat xonalarida o‘tkazilgan suhbatlar ayollarni tarbiyaga chaqiradi, halol bo‘lishga chorlaydi va hattoki turli yangiliklardan xabardor qiladi.

Ma’naviyat bo‘lgani yaxshi, biroq bozorda undan ham muhimroq muammolar bor

Bozorchi ayollardan ma’naviyatga bo‘lgan ehtiyoj hakida so‘raganimizda, ular bozorda undan-da muhimrok muammolar borligi haqida gapirishdi. “Bozorda ma’naviyat xonalari bo‘lishiga munosabatim yomon emas, lekin undan ko‘ra bizga svet o‘tkazib berishsin, mana ko‘rib turibsiz, svet yo‘q. Bizga alohida xona qilib berishmasin, undan ko‘ra savdo qilish uchun sharoitlar yaratib berishsin”, dedi ayollardan biri.

Ayrim bozorchi ayollar kengroq muammolarga e’tibor qaratishdi

Biz suhbatlashgan ayrim bozorchi ayollar yanada kengroq muammolarni tilga olishdi. “Tog‘li joylarga chiqishsin. Gaz, svet yo‘q. Bolalar tomi teshik maktablarda o‘qishyapti. Bizga emas, o‘shalarga e’tibor qilishsin”, deydi ular.

Kiritildi: 15:57 19.07.2019. O'qildi: 3805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!