Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bosh prokuratura oldida bir guruh fuqarolar nega piket uyushtirdi?

Bosh prokuratura oldida bir guruh fuqarolar nega piket uyushtirdi?

Bosh prokuratura oldida bir guruh fuqarolar tomonidan uyushtirilgan piket yuzasidan rasmiy bayonot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 oktyabr kuni Bosh prokuraturaning fuqarolar qabulxonasi oldida bir guruh fuqarolar yig‘ilib piket uyushtirgan.

Piketga ularning A.Meng va A.Molotyagin boshchiligidagi “International Consulting Group” platformasiga sarmoya kiritgani va  firibgarlik harakatlari oqibatida moddiy zarar ko‘rganliklari sabab qilib keltirilgan. Ushbu tadbirda ishtirok etgan fuqarolardan jami 33 ta murojaat qabul qilingan.  

Qayd etish kerakki, A.Meng va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida.  

Fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlar jinoyat ishiga qo‘shib o‘z vaqtida va ob’ektiv ko‘rilishi Bosh prokuratura nazoratiga olingan.

Kiritildi: 07:40 20.10.2020. O'qildi: 3558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!