Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga yana qanday ayblovlar qo‘yilganini ma’lum qildi

Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga yana qanday ayblovlar qo‘yilganini ma’lum qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi AQSH, Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federasiyasi va Latviya kabi xorijiy davlatlar bilan G.Karimovaning jinoiy yo‘llar orqali topgan va ushbu davlatlarning ayrimlarida jinoyat ishlari doirasida 1,3 mlrd. AQSh dollardan ortiq daromadlarini qaytarish bo‘yicha hamkorlik olib borilmoqda. 

Muqaddam xabar berilganidek, mazkur hamkorlik davomida xalqaro tuzilmalar va fuqarolardan G.Karimovaning ilgari e’lon qilingan hukmlarda nazarda tutilmagan yangi jinoyatlari to‘g‘risida xabarlar kelib tushdi. Ushbular yangi ochilgan holatlar bo‘yicha yangi jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ldi. 

Tergov jarayonida aniqlanishicha, G.Karimova o‘ziga yaqin shaxslardan iborat bo‘lgan bir necha uyushgan jinoiy guruhlarni tashkil etgan holda jinoiy uyushmani boshqarib kelgan.

G.Karimova va uning jinoiy sheriklari uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida sodir etgan jinoyatlar uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tab kelishmoqda. 

Hozirgi kunda, tergov tomonidan G.Karimova unga respublika sanoat korxonalarida faoliyat yuritgan va juda ko‘p miqdordagi jinoiy daromadlardan ulush berib kelgan yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bo‘lganligi aniqlandi. 

Bundan tashqari, G.Karimova fuqarolar va turli kompaniyalar egalariga bosim o‘tkazish va qo‘rqitish yo‘llari orqali ularning mulklarini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.

Mazkur tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zararning miqdori 165 mln. AQSh dollari va 85 mlrd. so‘mdan ko‘proqni tashkil qildi. 

G.Karimovaga Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan tovlamachilik, talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish va jinoiy uyushmani tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlarini sodir etganligi bo‘yicha yangi ayblov e’lon qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudining ajrimi bilan G.Karimovaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi tergovi jarayonida G.Karimovaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini o‘zi va yaqin qarindoshlari tomonidan jalb qilingan 7 nafar advokatlar himoya qilmoqda. Shuningdek, advokatlarning barcha tergov harakatlarida ishtiroki va u bilan hech qanday cheklovlarsiz holi uchrashish imkoniyati ta’minlangan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlangan bo‘lib, G.Karimova jinoyat ishi hujjatlari bilan advokatlar ishtirokida tanishib chiqmoqda. 

Kiritildi: 17:47 06.12.2019. O'qildi: 3723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!