Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Borrel Trampning Yevropaning Ukrainaga yordam berishda yetarlicha ishtirok etmayotgani haqidagi fikrlariga javob qaytardi

Borrel Trampning Yevropaning Ukrainaga yordam berishda yetarlicha ishtirok etmayotgani haqidagi fikrlariga javob qaytardi

"Men amerikalik nomzodlardan birining yevropaliklar o‘z burchlarini bajarmayaptilar degan fikrini eshitdim, ammo biz Ukraina uchun qilayotgan hamma narsa — harbiy, iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar jihatdan yordam — siz qilayotgan harakatdan ko‘proqdir", deb javob berdi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.

Borrelning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi hozirgacha Kiyevga 130 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratgan, shundan 45 milliardi harbiy yordam uchun ajratilgan. "Ha, harbiy jihatdan yordam miqdori hali kichik va Amerika yordamisiz Ukraina qarshilik ko‘rsata olmasligi aniq. Biroq 45 milliard ham kichkina miqdor degani emas, dedi u.

Bundan tashqari, Jozep Borrel YEI 5 millionga yaqin ukrainalik qochqinni qabul qilganini, Ukrainaga nomzod davlat maqomini berganini va mamlakat uchun Yevropa Ittifoqiga a’zolik istiqbolini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 12:11. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!