"Bu choralar dizel va aviayoqilg‘i eksportiga, shu jumladan Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga yo‘naltirilgan yetkazib berishlarga ham taalluqli. Qaror kelajakda mamlakatda neft mahsulotlari tanqisligini oldini olish uchun hozirdanoq qabul qilingan", deya yozmoqda nashr.
Eksportni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Bolgariya parlamentining 135 nafar deputati qo‘llab-quvvatladi, 4 kishi qarshi chiqdi, 42 nafari esa betaraf qoldi.
DPA'ning qayd etishicha, Bolgariyaning Burgas shahri yaqinida “Lukoyl-Neftohim” neftni qayta ishlash zavodi joylashgan. Shuningdek, Rossiya kompaniyasi Bolgariyada yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘iga ham egalik qiladi. AQSh prezidenti Donald Tramp joriy etgan sanksiyalar “Lukoyl”ning Bolgariyadagi barcha aktivlarini ham qamrab oladi.