Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Boks bo‘yicha Osiyo chempioni 25 yoshida saratondan vafot etdi

Boks bo‘yicha Osiyo chempioni 25 yoshida saratondan vafot etdi

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni Go‘zal Ismatova 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ismatova saraton xastaligi tufayli olamdan ko‘z yumgan.

Go‘zal Ismatova — 1996 yil 3 yanvarida Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Og‘ir vazn (+81 kg) toifasida ringga chiqqan sportchi 2014—2017 yillar davomida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2017 yilgi Osiyo chempionati g‘olibi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:04 22.02.2021. O'qildi: 2930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!