Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bojxonachilar avtomashina o‘rindig‘i ostiga yashirilgan to‘pponchani olib kirishga uringan shaxsni to‘xtatib qolishdi.

Bojxonachilar avtomashina o‘rindig‘i ostiga yashirilgan to‘pponchani olib kirishga uringan shaxsni to‘xtatib qolishdi.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 iyuldagi «Qurol to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq  fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Amaldagi qonunchilikda esa kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklarasiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklarasiyadan foydalanib qurol-yarog‘, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun javobgarlik belgilangan.

Kiritildi: 23:00 13.08.2019. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!