Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan navbatdagi urinish fosh etildi

Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan navbatdagi urinish fosh etildi

Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish kabi navbatdagi qonunbuzarlik holatlari bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida fosh etildi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.S. xorijiy mamlakatdan olib kelingan umumiy qiymati 286,5 mln. so‘mlik “MERCEDES BENZ ECONIC” chiqindi tashishga mo‘ljallangan yuk avtotransport vositasini  bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida evakuator yuk avtotransport vositasiga qayta jihozlagani aniqlandi. Natijada fuqaro A.S. mazkur yuk avtotransport vositasini qalbakilashtirib, salkam 740 million so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada, noqonuniy yo‘l bilan mo‘may daromadga ega bo‘lish istagida amalga oshirilgan harakati o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.

Shunga o‘xshash yana bir holatda navbatdagi noqonuniy harakatning oldi olindi. Soha xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.U. umumiy qiymati 152,2 mln. so‘mlik “MERCEDES BENZ VIANO” yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasini hujjatlarda haydovchi o‘rindig‘i bilan birgalikda o‘rindiqlar soni 8 ta deb noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi aniqlandi. Aslida esa o‘rindiqlar soni 6 ta ekanligi tadbir ishtirokchilari hamda mutaxassislar tomonidan aniqlandi.

Natijada, salkam 522,7 million so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz noto‘g‘ri qo‘llanilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-sonli qarori talablariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan haydovchi bilan birgalikda 8 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan turizm toifasiga oid transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirayotgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari 2022 yilning 1 yanvariga qadar bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilgan.

Kiritildi: 17:32 28.05.2020. O'qildi: 1952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!