Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Bojxona tomonidan jo‘natilgan yog‘ochlar orasidan uzunligi 4 metrdan oshiq kobra topildi

Bojxona tomonidan jo‘natilgan yog‘ochlar orasidan uzunligi 4 metrdan oshiq kobra topildi

Sharqiy Xitoyning Szyansu provinsiyasi bojxonachilari import qilingan yog‘och jo‘natmasidan uzunligi 4 metr va qalinligi kattalarning qo‘lidek bo‘lgan yirik «qirollik» kobrasini qo‘lga oldi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar berdi.

Qirollik kobralari dunyodagi eng katta va eng zaharli ilonlardir. Ular asosan Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyoda uchraydi. Agar bu turdagi ilon mamlakatga kirsa, inson hayoti va ekotizimlariga xavf tug‘dirishi mumkin.

Kobra chaqishi juda xavfli va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Agar birinchi yordam ko‘rsatilmasa, odam nafas ololmaydi va 15 daqiqa ichida o‘lishi mumkin.

Chjanszyagan bojxonasi hozirda tegishli bojxona organlaridan keyingi chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalarni kutmoqda.

Kiritildi: 21:45 23.11.2021. O'qildi: 9242 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!