Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

BMTda o‘zbekcha nutq: Mirziyoyev bugun nimalar haqida gapiradi?

BMTda o‘zbekcha nutq: Mirziyoyev bugun nimalar haqida gapiradi?

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi.

Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz rahbari sessiyaning yalpi qismida so‘zga chiqib, xalqaro hamjamiyat e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etadi hamda O‘zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizasiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib o‘tish masalalariga to‘xtalib o‘tiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Kiritildi: 12:08 23.09.2020. O'qildi: 2374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!