Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

BMT Trampning yadroviy sinov haqidagi buyrug‘iga munosabat bildirdi

BMT Trampning yadroviy sinov haqidagi buyrug‘iga munosabat bildirdi

Butun dunyo bo‘ylab yadroviy xavflar juda yuqori va halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qochish kerak.

BMT Bosh kotibi matbuot kotibi o‘rinbosari Farxon Haq AQSh prezidenti Donald Trampning bugun yadroviy qurol sinovlarini o‘tkazish haqidagi buyrug‘iga izoh berdi.

BMT vakilining aytishicha, dunyo 80 yil davomida o‘tkazilgan 2000 dan ortiq yadro sinovlari oqibatlarini unutmasligi kerak. Uning qo‘shimcha qilishicha, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish yadroviy sinovlarning qayta tiklanishini mutlaqo rad etadi.

Haqning pozisiyasini Yadroviy sinovlarni keng qamrovli taqiqlash shartnomasi tashkiloti ijrochi kotibi Robert Floyd qo‘llab-quvvatladi. Uning ta’kidlashicha, har qanday yadroviy qurol sinovlari xalqaro barqarorlik va xavfsizlikka putur yetkazadi. Floydning ta’kidlashicha, Xalqaro monitoring tizimi dunyoning istalgan nuqtasida yadroviy qurol sinovi portlashini aniqlashga qodir.

Kiritildi: 08:15 31.10.2025. O'qildi: 1087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!