Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) ning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili tayinlandi

A A A
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) ning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili tayinlandi

BMT Taraqqiyot dasturi tizimida 25 yildan ortiq tajribaga ega Akiko Fujii BMTTDning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili etib tayinlandi. Bu haqida tashkilot axborot xizmati xabar qilmoqda.

Akiko Fujii dunyoda turli davlatlarida BMTTDning rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekistonga tayinlanishidan oldin u Maldiv orollaridagi doimiy vakil hamda Vyetnamda, Fijidagi ko‘p davlat idorasida (o‘z ichiga Fiji, Mikroneziya Federativ Davlatlari, Kiribati, Marshall orollari, Nauru, Palau, Tonga, Tuvalu va Vanuatu davlatlarini oladi) va Yamaykada doimiy vakil o‘rinbosari bo‘lgan. Uning BMTTDdagi faoliyati Sudan, Tokio va Pokistonda ham muhim lavozimlarni o‘zi ichiga oladi.

Akiko Fujii yetakchi rahbar sifatida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda, inqirozli va ziddiyatli vaziyatlarda keng ko‘lamli gumanitar yordamni boshqarishda, barcha uchun adolatli va barqaror inson taraqqiyotiga erishish uchun boshqaruv tizimlari bo‘yicha maslahat berishda faol ishtirok etgan.

Akiko Fujiidan avval BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska edi.

Kiritildi: 18:59 30.07.2024. O'qildi: 1410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!