Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

BMT kannabisni xavfli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqardi

BMT kannabisni xavfli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqardi

BMT tibbiy kannabisni 1961 yilda tuzilgan Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi yagona konvensiyaning IV ro‘yxatidan chiqardi. Ushbu modda bugungi kungacha ro‘yxatda geroin kabi kuchli tobelikni keltirib chiqaruvchi xavfli narkotiklar bilan bir qatorda turgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi. 

Kannabisning ro‘yxatdan chiqarilishi uchun Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiyaga kiruvchi 53ta davlat vakillari ovoz bergan. Komissiya a’zolari ushbu qarorni qabul qilishdan oldin Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bir qator tavsiyalarini ko‘rib chiqishgan.

Ta’kidlanishicha, tibbiy kannabisning xavfli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqarilishi uning qo‘llanishi ortidan nazorat susaytirilishini anglatmaydi.  

AQSH, Yevropa davlatlari va boshqa ba’zi davlatlar kannabisning ro‘yxatdan chiqarilishi uchun ovoz bergan, Xitoy, Misr, Nigeriya, Pokiston va Rossiya bunga qarshi chiqqan.

Kiritildi: 09:22 03.12.2020. O'qildi: 2226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!